Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi “Onlayn mahalla” axborot tizimini yaratiş uçun 8,4 mlrd söm ajratgani muhokamalarga sabab bölgan edi.

Kun.uz bu haqda 24 noyabr kuni maqola e’lon qilişidan avval agentlik matbuot xizmati bilan boğlanib izoh söragan, agentlik vakili bu borada munosabat tayyorlanayotganini aytib, savollarga javob bermagandi. Biroq haligaça (29 noyabr holatiga) agentlik rasmiy sahifalarida bu borada heç qanday munosabat e’lon qilinmadi. 

Kun.uz Mahallabay işlaş agentligida bölib, agentlikning interaktiv xizmatlarni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Şerzod Otajonovga savollar bilan yuzlandi.

– “Online Mahalla” axborot tizimini işlab çiqiş uçun agentlik va “Realsoft” MÇJ örtasida tender ötkazmasdan şartnoma tuzilgan. Nima sababdan qonun talablariga rioya etilmadi?

– Qonun talablariga rioya etilmadi deb aytiş notöğri, birinçidan, “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonunning 71-moddasiga asosan, ayrim holatlar bor, tender ötkazmaslik kerak. Ular hukumat qarorlari, hukumat tomonidan çiqarilgan “farmoyiş”, “qaror” “farmon”lar – mana şu 3 parametrda çiqqan qonunçilik hujjatlari uçun tender ötkazmaslik mumkin. Çunki töğridan töğri (şartnoma) tuzilişi mumkin böladi. Şuni tuşuniş kerak, birlamçi tekşiruv organi bor – bu bizda Moliya vazirligi, uning alohida tekşiruv dasturi bor. Dastur doirasida agar biz notöğri hujjatlar kiritgan bölsak, yoki notöğri iş yuritgan bölsak, u bizning pulimizni ham, töğridan töğri şartnomamizni ham ötkazmaydi.

“Online Mahalla” böyiça qiziqtirgan savollar yuzasidan alohida brifing taşkil qilinadi, unda barça mutasaddi taşkilotlar, zarur holda “Realsoft” MÇJning mas’ullari ham iştirok etadi.

Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi interaktiv xizmatlarni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Şerzod Otajonov. Foto: Kun.uz