2023 yilda Sirdaryoda qo‘shimcha 100 mingta bo‘sh ish o‘rni yaratiladi
Keyingi yilda Sirdaryo «aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hudud»ga aylantiriladi. 2023 yilda viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,2 barobarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 1,1 barobarga, xizmatlar hajmi 1,2 barobarga oshishi kutilmoqda.
«Sirdaryo viloyatida aholi bandligini ta’minlash va daromadini ko‘paytirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, 2023 yilda qo‘shimcha ravishda viloyatda 100 mingta ish o‘rni yaratiladi. Xususan:
- qishloq xo‘jaligida – 45,2 ming;
- investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga – 19,8 ming;
- xizmatlar sohasini rivojlantirish hisobiga – 22,6 ming;
- yangi tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish va “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida – 12,4 ming.
Ma’lumot uchun, hozirda Sirdaryo viloyatida ish bilan ta’minlangan aholi soni 340 mingni tashkil qiladi.
Viloyatdagi yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish hamda yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish maqsadida, jami 137,2 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifalariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Kelgusi yilda Sirdaryo viloyatida kutilayotgan natijalar:
1) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,2 barobarga (12,7 trln so‘mga), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 1,1 barobarga (11,2 trln so‘mga), xizmatlar hajmi 1,2 barobarga (6,4 trln so‘mga) oshadi;
2) qiymati 19 trln 290 mlrd so‘mlik 858 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirish, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 54,8 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
3) qo‘shimcha 7 700 gektar ekin maydonlarida sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlar ekilib, 45,2 ming aholini ish bilan band qilish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
- investitsiya, tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohalariga oid loyihalarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish ustidan doimiy monitoring o‘rnatiladi;
- 2023 yil 1 aprelga qadar Sirdaryoda 2023 yilda aholiga tarqatiladigan ekin yerlarni ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilish yo‘lga qo‘yiladi;
- mazkur maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini “Bir hudud – bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ekilishi ta’minlanadi.
Avvalroq, 2016 yildan buyon Sirdaryo viloyatida hokimlik qilayotgan G‘ofurjon Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgandi.
Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Akmal Mahmudaliyevga esa Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi

17:39 / 28.02.2025