O‘zbekiston | 12:07 / 30.11.2022
6847
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Fransiya ko‘magida Mehmonxona xo‘jaligi va oshpazlik san’ati instituti tashkil etiladi

Fransiya poytaxti - Parij shahrida Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari va Le Cordon Bleu akademiyasi vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Unda turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Mazkur kelishuvga binoan, Toshkent shahrida Mehmonxona xo‘jaligi va oshpazlik san’ati instituti tashkil etiladi.

Ushbu oliy ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali respublika bo‘ylab turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida jahon andozalari darajasidagi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ular asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, turizm, pazandachilik hamda mehmonxona xo‘jaligi bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma, seminar va konferensiyalarda O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish kabi vazifalar belgilab olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid