Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Matonatning 17 qiyofasi”: dunyoni yaxshilik tomon o‘zgartirayotgan o‘zbek ayollari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
Ko‘rgazma BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini o‘z faoliyatida aks ettirayotgan o‘zbek ayollariga bag‘ishlanadi. Uni o‘tkazish g‘oyasi Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati sektori mudiri Saida Mirziyoyevadan chiqqan.
“Matonatning 17 qiyofasi” ko‘rgazmasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida gender mavzusi va jamiyatda zo‘ravonlikni rad etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro ekspozitsiya o‘z hayoti va bor kuch-g‘ayratini umumiy farovonlikka yo‘naltirgan O‘zbekiston ayollariga bag‘ishlanadi.
Qahramonlar orasida tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, institutsional rivojlanish sohasidagi olimalar, ayollar huquqlari himoyachilari, ayol iqtisodchilar, sportchilar, IT-texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar bor.
Tadbir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etiladi. Ko‘rgazmani o‘tkazishga BMTning Jyeneva bo‘limi Bosh direktori Tatyana Valova va Shveytsariya ayollarining o‘zaro yordam uyushmasi (ASWe) tashabbus ko‘rsatgan.
Tatyana Valovaning so‘zlariga ko‘ra, BMTga a’zo mamlakatlar bilan birga loyiha amalga oshirish fikri tug‘ilgach, har bir mamlakatdan barqaror rivojlanish maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan 17ta ayolni tanlab, ko‘rgazma tashkil qilishga kelishilgan. Bunday ko‘rgazma ilk marotaba Ozarboyjonda o‘tkazilgan. O‘zbekiston loyiha o‘tkazilayotgan dunyodagi 2-mamlakat bo‘ldi.
“17ta barqaror rivojlanish maqsadlari bu – bizni o‘ylantirayotgan hamma narsa: qashshoqlikka qarshi kurash, munosib ta’lim olish va mehnat qilish, atrof va suv muhitini himoya qilish, inson huquqlari, tinch yashash huquqi va shu kabi boshqa maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasiga erishishda 17 maqsad – hamkorlik qilish maqsadi bor. Barqaror rivojlanish maqsadlari Tashkilotga a’zo bo‘lgan barcha davlatlardan kelayotgan harakatlarga o‘ziga xos chaqiriqdir”, – degan BMTning Jyeneva bo‘limi Bosh direktori
Ma’lumot uchun, Barqaror rivojlanish maqsadlari – BMT tomonidan 2015 yilda barcha uchun yanada yaxshi va barqaror kelajakka erishish rejasi” sifatida ishlab chiqilgan 17ta global maqsadlar to‘plamidir. Bu maqsadlar Bosh assambleyaning “2030 yilgacha bo‘lgan davrda kun tartibi” rezolyutsiyasida qayd etilgan.
Mavzuga oid
14:23 / 25.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi
10:46 / 13.10.2025
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi
12:59 / 17.09.2025
50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sun’iy intellektga o‘qitiladi
11:09 / 08.09.2025