Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sun’iy intellektga o‘qitiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirokidagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumining ochilishida nutq so‘zlamoqda.
Mamlakatda xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish masalasi ham davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.
Xotin-qizlarga oliygohda o‘qish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul ta’lim olish tizimi joriy etildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda, shu yilning o‘zida 1 million 700 ming ayol ishli bo‘ldi.
Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sun’iy intellektga o‘qitiladi.
“Xotin-qizlar jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Kelgusi yildan mehnat bozorida ayollar uchun teng sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy sug‘urta tizimi qamrovini keskin oshiramiz. Bu ularning kambag‘allikka tushib qolmasligini kafolatlaydi”, - dedi prezident va barchani kelgusi yilda Namanganda o‘tadigan Osiyo ishbilarmon ayollar forumiga taklif qildi.
Mavzuga oid
20:10
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan ittifoqchilikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi
20:05
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
19:01
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:57