O‘rmon fondi ayrim yer uchastkalarini auksion orqali ijaraga berish boshlanadi
Prezidentning “O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda o‘rmon fondi foydalanilmayotgan va samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalarini aniqlab, doimiy ravishda jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berib borishni tashkil etadi va ijaraga beriladigan maydonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi.
2023 yil 1 yanvaridan boshlab:
o‘rmon fondi foydalanilmayotgan va samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish yuzasidan ijara huquqini narxni oshirib yoki tushirib borish tamoyilida elektron onlayn-auksion orqali sotish mexanizmini to‘liq joriy etish;
2023-2025 yillarda o‘rmon fondi o‘zlashtirilmagan, suv bilan ta’minlanmagan, o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarini ijaraga olgan ijarachilar tomonidan o‘z hisobidan o‘zlashtirib, sug‘orish tizimlarini joriy qilganda quyidagi shartlarda ijara to‘lovi “nol” stavkasini qo‘llaniladi:
- oziq-ovqat ekinlari (dukkakli, moyli, boshoqli ekinlar, sabzavot, poliz) va dorivor o‘simliklar plantatsiyalari barpo etilganda — uch yil davomida;
- yangidan bog‘ va tokzorlar hamda tez o‘suvchi daraxtlar (pavlovniya, terak) barpo etilgan maydonlarga — besh yil davomida;
- o‘rmon fondi cho‘l hududlarida cho‘l o‘simliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq) va tog‘ va tog‘oldi hududlarida yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) plantatsiyalari barpo etilganda — o‘n yil davomida.
- O‘rmon xo‘jaliklarini boshqarishda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini joriy etish maqsadida o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish quyidagi yangi mexanizmi joriy qilinadi:
- jismoniy va yuridik shaxslarga o‘rmon fondini uchastkalari ijara huquqini elektron onlayn-auksionda sotib olish qiymatini bazaviy hisoblash miqdori 100 barobaridan 200 barobarigacha bo‘lganda 1 yil, 200 barobaridan yuqori bo‘lganda 2 yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;
- o‘rmon fondi yerlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini bir yilda bir marotaba, ya’ni yil 1 noyabrga qadar to‘lash tizimi joriy etiladi;
- ijara to‘lovlari alohida hisobi yuritiladi va ijara to‘lovidan tushadigan mablag‘lar 50 foizi o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar hisobida qoldiriladi, qolgan 50 foizi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
- o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish o‘rmondan doimiy foydalanuvlar (Milliy tabiat bog‘lari, davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonalari, dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalari) tomonidan ijaraga beriladi;
- o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Trampga Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha yangi takliflar yuborilganini ma’lum qildi
Jahon | 21:23
-
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi
Jahon | 21:11
-
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi
Jahon | 20:55
-
“Geosiyosat” muloqoti. Ekspertlar bilan savol-javob
O‘zbekiston | 20:45
Mavzuga oid

12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

10:41 / 07.04.2025
O‘zbekiston va Jahon banki 153 mln dollar qiymatdagi loyihani ishga tushiradi

11:59 / 01.04.2025