«Harbiy xizmatçilarni ijtimoiy himoya qiliş kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, harbiy xizmatçilarga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uçun tölab beriladigan oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oşirildi. Bunda pul kompensatsiyasi miqdorlariga quyidagiça özgartiriş kiritildi:
- Toşkent şahrida — BHM 4,8 baravarigaça;
- Nukus şahrida va viloyatlar markazlarida — BHM 3,6 baravarigaça;
- respublikaning boşqa şaharlari, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — BHM 2 baravarigaça.
Şuningdek, 2025 yil 1 iyundan qonunçilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratiş körsatkiçlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni ötagan harbiy xizmatçilarga turar joy sotib oliş (quriş) uçun ipoteka krediti olinişida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joyning hisoblangan qiymati 35 foizi miqdorida belgilandi.
Oldin mazkur miqdor barça uçun 25 foizni taşkil etgan.
Halok bölgan harbiy xizmatçilarning oila a’zolari va nogironligi bölgan harbiy xizmatçilarni birinçi navbatda turar joy bilan ta’minlaş, agar ular uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida turar joy bilan ta’minlangan bölsa, qaytarilmagan kredit miqdori va kredit böyiça hisoblangan foizlar Davlat budjeti hisobidan töliq qoplab beriladi.

















