Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston mintaqaviy loyihalarini O‘zbekiston bilan birga amalga oshirishga tayyorligini bildirdi
O‘zbekistonning Islomoboddagi elchisi Oybek Usmonov Pokiston iqtisodiy aloqalar vaziri birinchi o‘rinbosari Kozim Niyoz bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Foto: Dunyo
Suhbat chog‘ida Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar transafg‘on temiryo‘li qurilishi masalalari, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiya bo‘lajak majlisi kun tartibi, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Pokiston vakili mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik amaldagi darajasini yuqori baholab, tovar ayirboshlash va o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik loyihalarini birgalikda amalga oshirishga tayyorlik bildirdi.
O‘zbekiston Pokistonning mintaqadagi o‘ta muhim strategik iqtisodiy hamkori ekani ta’kidlandi. Islomobod va Toshkent mintaqaviy hamkorlik, iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik va tranzit savdosini rivojlantirish borasidagi pozitsiyalari va manfaatlari to‘liq mos keladi.
Mavzuga oid
14:34 / 20.01.2026
Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranziti oshiriladi
20:57 / 03.01.2026
O‘zbekiston va Pokiston huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytiradi
01:00 / 21.12.2025
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi yana 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:55 / 13.12.2025