Pokiston sudi qamoqda jazo ötayotgan sobiq boş vazir Imron Xonga yana 17 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi, deb xabar berdi Dawn naşri.

Uning turmuş örtoği Buşra Bibiga nisbatan ham xuddi şunday hukm çiqarildi.

Tergov ma’lumotlariga köra, Xon 2021 yil may oyida Saudiya Arabistoni hukumatidan zargarlik buyumlarini sovğa sifatida olgan, ularni davlat xazinasiga topşiriş örniga asl qiymatidan 14 baravar arzon narx evaziga özida olib qolgan.  

Xon va uning turmuş örtoğiga jarima ham tayinlangan bölib, agar ular jarimani tölay olişmasa, qamoqda yanada uzoqroq muddat qolişadi. 

Pokiston axborot vaziri Attaulla Tararning ma’lum qilişiça, ular avval tayinlangan jazo muddati tugaşi bilan yangi muddatni ötaşni boşlaşadi. Sud korrupsiya işi böyiça 2025 yil yanvarda Xonni 14 yilga, uning rafiqasini 7 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.