O‘zbekiston | 11:21 / 07.12.2022
3387
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Shvetsiya moliya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

O‘zbekiston muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev 2 dekabr kuni Shvetsiya Moliya vazirligi xalqaro va iqtisodiy aloqalar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Deniyel Sonesson bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik bugungi holati, Shvetsiya 2023 yil birinchi yarmida Yevropa Ittifoqiga raisligi doirasida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida moliya sohasida hamkorlikni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

2023 yil may oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashi navbatdagi yillik yig‘ilishida Moliya vazirligi vakili ishtiroki tasdiqlandi.

Ikki mamlakat Moliya vazirliklari o‘rtasida amaliy aloqalarni davom ettirish, hamkorlikda seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid