Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Radaning kremlparast deputatiga ayblov qo‘yildi
Ukraina Oliy Radasi deputati Andriy Derkach firibgarlik va pul yuvishda ayblanmoqda. Uzoq vaqt davomida AQSh rasmiylari uni Rossiyaning ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha faol agenti deb hisoblashgan.
Bruklindagi federal sudi 7 dekabr, chorshanba kuni kremlparast deputat Andriy Derkachni Kaliforniyaning Beverli-Xillz shahridagi ikkita ko‘chmas mulkni sotib olish va saqlash orqali firibgarlik, pul yuvish va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzishda aybladi.
Ayblov xulosasida aytilishicha, 2013 yildan beri Derkach Britaniya Virjin orollarida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarga tegishli bo‘lgan Latviya va Shveytsariyadagi xorijiy hisoblardan ushbu mulkni sotib olish va saqlash uchun foydalangan.
«Demokratiyamizga zarar yetkazishga uringani uchun sanksiyaga uchragan Kreml agentining xatti-harakati uning noqonuniy maqsadlariga erishish uchun bank tizimimizdan foydalanishga tayyor va qodir ekanligini ko‘rsatdi. Qo‘shma Shtatlar jinoyatchilar uchun xavfsiz boshpana bo‘lmaydi. Sanksiya ostidagi oligarxlar yoki shaxslar noqonuniy yo‘l bilan orttirgan daromadlarini yashirishi yoki saylovlarimizga ta’sir qilishi mumkin», dedi prokuratura vakili.
Andriy Derkach hozirda Ukraina adliya idoralaridan yashirinib yuribdi. U 2020 yil sentabr oyida AQSh Moliya vazirligi tomonidan sanksiyaga uchragan edi, chunki AQSh rasmiylariga ko‘ra, o‘n yildan ortiq vaqt davomida u Rossiyaning faol agenti bo‘lgan va Rossiya razvedka xizmatlari buyrug‘iga ko‘ra AQSh prezidenti saylovi natijalariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan. Demokratlarning ta’kidlashicha, Derkach sobiq prezident Donald Tramp tarafdorlariga prezident Jo Baydenga nisbatan ma’lumotlar yig‘ishda faol yordam bergan.
Andriy Derkach avvalroq o‘z aybini rad etib, korrupsiyani fosh qilgani uchun ta’qib qilinayotganini aytgandi. Agar u aybdor deb topilsa, 30 yilgacha qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin. Shu bilan birga, AQSh prokuraturasi Beverli-Xillz kondominiumidagi Derkachning ikkita kvartirasini va unga aloqador ikkita bank hisobidagi mablag‘larni musodara qilish to‘g‘risida fuqarolik da’vosi kiritdi.
55 yoshli Andriy Derkach yigirma yildan ortiq vaqtdan beri Ukraina Oliy Radasining deputati. O‘tgan yili Kiyev unga qarshi o‘z sanksiyalarini joriy qilgan edi. Iyun oyida Ukraina razvedka idoralari Derkach Moskvaning qurolli agressiyasi ortidan Rossiya qo‘shinlarining Ukraina shaharlariga kirishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy xavfsizlik kompaniyalari tarmog‘ini tashkil etgani haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, maxsus xizmatlar urushning boshida hibsga olingan Derkachning Oliy Radadagi yordamchisi ko‘rsatmalariga tayangan.
Mavzuga oid
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30 / 08.06.2026
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30 / 08.06.2026
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
08:50 / 08.06.2026