Jahon | 22:40 / 08.12.2022
24577
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda MDH norasmiy sammiti o‘tkaziladi 

Dekabr oyi oxirida Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Foto: RIA Novosti

Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berdi. U do‘stona sammit «belgilangan an’anaga ko‘ra» o‘tkazilishini ta’kidladi. 

Oktyabr oyi o‘rtalarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamkasblarini shimoliy poytaxtga norasmiy uchrashuvga chaqirib, uni yil oxirida o‘tkazishni taklif qilgan edi. 

MDH sammiti avval ham norasmiy sharoitda o‘tkazilgan. Masalan, 2022 yil oktyabr oyida Sankt-Peterburgda. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid