Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya dengiz orqali Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib bermoqchi
Buning uchun bir nechta suzuvchi elektr stansiyalaridan foydalaniladi.
Turkiyaning Karpowership kompaniyasi suzuvchi stansiyalar orqali Ukrainaga elektr energiyasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Maxsus kemalar Qora dengiz orqali Ruminiya yoki Moldovaga yetib boradi. So‘ngra elektr tarmoqlari orqali Ukrainani energiya bilan ta’minlaydi.
«Biz ayni paytda BMT va boshqa hamkor tashkilotlari bilan to‘g‘ri yechim topish uchun muzokaralar olib bormoqdamiz. Biz Ruminiya yoki Moldovaga kemalar jo‘natib, Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib berishimiz mumkin», — dedi kompaniya rahbari Zaynab Xoraziy.
Uning ta’kidlashicha, elektr ta’minoti bir oy ichida boshlanishi mumkin.
«Biz 300-400 megavatt quvvat bo‘yicha muzokara o‘tkazyapmiz. Bu bir million xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Biz bu quvvatni ta’minlash uchun 3-4 kemani jo‘natamiz. Tijorat va xavfsizlik masalalari hal etilgach, bir oy ichida elektr energiyasini yetkazamiz», dedi u.
10 oktyabrdan beri Rossiya muntazam ravishda Ukrainaning energetika infratuzilmasiga raketa zarbalari berib kelmoqda, buning oqibatida elektr, suv va issiqlik ta’minotida uzilishlar, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab uyali aloqa uzilishlari kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 09.07.2026
Ukraina Azov dengizida Rossiyaning 20 dan ortiq kemasiga zarba berdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02 / 09.07.2026
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
11:25 / 09.07.2026