Elektr energiyasi tizimida oxirgi 6 yilda qilingan ishlar statistikasi ma’lum qilindi
Energetika vazirligiga ko‘ra, 1991 yildan 2016 yilgacha 3300 MVt, 2017-2022 yillarda esa 5021 MVt yangi quvvatlar ishga tushirilgan. Mustaqillikdan keyin 25 yil davomida 4800 ta, oxirgi 6 yilda esa salkam 13 mingta transformator yangilangan.
Energetika vazirligi 2017-2022 yillar davomida elektr energiyasi tizimida qilingan ishlarga oid raqamlarni taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, 2017-2022 yillarda umumiy hisobda 5021 MVt yangi quvvatlar ishga tushirilgan. Taqqoslash uchun, 1991-2016 yillarda bu ko‘rsatkich 3300 MVtni tashkil qilgan.
2017-2021 yillarda umumiy hisobda 40 675 km elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurilgan. 1991-2016 yillarda yangilangan tarmoqlarning uzunligi esa 9300 km bo‘lgan.
2017-2022 yillarda umumiy hisobda 12 981 ta transformator punkti yangilangan. 1991-2016 yillarda esa 4800 ta transformator punkti yangilangan.
Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, oxirgi 5 yilda 4,2 mlndan ortiq aholi xonadonlarining elektr ta’minoti yaxshilangan.
Avvalroq, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov energota’minotdagi uzilishlar yuzasidan izoh bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi ob-havo sharoiti jiddiyroq talafotlarning oldini olish maqsadida rejali cheklovlar o‘rnatishni taqozo etmoqda.
Mas’ullarga ko‘ra, bugungi kundagi energetika ta’minotidagi uzilishlarga asosiy sabab – ishlab chiqarayotgan tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moldagi talab darajasini to‘liq qoplay olmayapti.
Mavzuga oid
10:46 / 09.07.2024
Andijon, Farg‘ona va Surxondaryoda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
16:48 / 06.07.2024
577 so‘mdan 998 so‘mgacha - IESlarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi qancha?
14:04 / 03.07.2024
Suv ta’minoti korxonasi Yunusoboddagi toshqinga svet o‘chgani sabab bo‘lganini bildirdi. Energetika vazirligi buni rad etdi
20:30 / 02.07.2024