Belgiyada «Qatar-2022 korrupsiya ishi» bo‘yicha bir qancha amaldorlar hibsga olindi
Ular jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq korrupsiyada gumon qilinmoqda.

Foto: Sorin Furcoi/Al Jazeera
Belgiya politsiyasi maxsus reyd davomida Bryusseldagi 16 ta turar joy va ofis binolarida tintuv o‘tkazdi. Shuningdek, to‘rt kishini hibsga oldi. Ular orasida Yevroparlamentning sobiq va amaldagi deputatlari ham bor.
Huquq-tartibot idorasi hibsga olinganlarning ismini oshkor qilmayapti, biroq turli manbalarga ko‘ra, ular orasida Yevropaparlament vitse-prezidenti, gretsiyalik Yeva Kayli, Yevropaparlamentning sobiq deputati, italiyalik Antonio Pancheri va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bosh kotibi Luka Visentini bor.
Ularning barchasi Qatar-2022 jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq korrupsiyada gumon qilinmoqda.
Belgiya politsiyasi fikriga ko‘ra, hibsga olinganlar pora evaziga nufuzli musobaqaga aynan Qatar mezbonlik qilishiga hissa qo‘shgan. Shuningdek, ular boshqa deputatlarga, jumladan, Yevropa Ittifoqining Qatarga nisbatan siyosatiga ham ta’sir o‘tkazgan.
Xabar qilinishicha, Pancherining uyidan 500 ming yevro naqd pul solingan jomadon topilgan.
Belgiya prokuraturasining ta’kidlashicha, «Federal sud politsiyasi tergovchilari Qatarni Yevroparlamentning iqtisodiy va siyosiy qarorlariga bir necha oy davomida ta’sir etganlikda gumon qilishmoqda».
Endi Qatar davlati «Yevroparlamentda muhim siyosiy va strategik maqomga ega amaldorlarni ta’qib qilish, ularga katta miqdordagi pul va qimmatbaho narsalarni berish»da ayblanmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
-
Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi
Jahon | 23:24 / 31.03.2025
-
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar
O‘zbekiston | 23:19 / 31.03.2025
Mavzuga oid

01:40 / 27.03.2025
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

20:43 / 11.03.2025