Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada tinchlik bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti topshirildi
Bu safar nufuzli mukofot Rossiya, Ukraina va Belarus vakillariga topshirildi.
Norvegiya poytaxti Oslo shahrida 2022 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi.
Nobel qo‘mitasi raisi Berit Rayss-Andersen bu yilgi tinchlik mukofotining Rossiya, Belarus va Ukrainadan bo‘lgan uch nafar g‘olibi ham tinchlikka erishish va uni saqlashda fuqarolik jamiyatining muhim rolini o‘zida mujassamlashtirganini ta’kidladi.
Avvalroq, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Rossiyaning siyosiy qatag‘onlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi «Memorial» markaziga berilgan edi. Ushbu tashkilot Rossiya sudi tomonidan tugatib yuborilgan. Shuningdek, belaruslik faol, siyosiy mahbus Ales Belyatskiy va Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi ham ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bu gal mukofot «o‘z mamlakatlarida fuqarolik jamiyati ifodasi bo‘lganlarga» berildi. Nomzodlar, qo‘mita ta’kidlaganidek, o‘z mamlakatlarida hokimiyatni tanqid qilish huquqi va fuqarolarning asosiy huquqlarini himoya qilishni ilgari surgan.
Mavzuga oid
20:04
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
10:05 / 07.06.2026