Kuçli ayollarni körganda havas qilamiz. Lekin ojiza qilib yaratilgan nozik xilqat vakiliga kuçli böliş qançalar oğir ekani haqida öylab körmaymiz. Filologiya fanlari doktori, 6 marta “Oltin qalam”, “Yil jurnalisti” kabi qator mukofotlar sovrindori, jurnalist, ekolog Nargis Qosimova bilan özini osmoqçi bölgani, ajraşganini bir yildan söng bilgani, bolalarini yolğiz oyoqqa qöygani haqida suhbatlaşdik.

Bolaligim juda yaxşi ötgan. Qiz bola uyda ötirişi kerak, öqib nima qilasan, ertaga turmuşga çiqasan, degan gaplar oilamizda mutlaqo bölmagan. Doim qiziqiş, istaklarimizni hurmat qilib, qöllab-quvvatlaşgan. Oilamizda qiz bolaga ham, öğil bolaga ham şaxs sifatida qaralgan.

Hozirgi Özbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetiga öqişga kirganman. Bir vaqtning özida “Jizzax haqiqati”da iş boşlaganim aynan jurnalistikaga qadam qöyişimda katta maktab bölgan.

Ikkinçi kursda ÖzMUning özbek guruhlariga Moskvada öqiş uçun tanlov bölardi. Şundan ötib öqişimni Moskvada davom ettirganman. Bunda ota-onam menga qarşilik qilişmagan. Aksinça, dadam özlari olib borib, meni yotoqxonaga joylaştirib kelganlar.

1997 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildim. Turmuşga çiqdim. Afsuski, men kelin bölib borgan oilada ayolga boşqaça munosabatda bölişardi. Ayol kişiga şaxs sifatida qaralmasdi.

Sevişib turmuş qurgan bölsak ham, turmuş örtoğim meni tuşunmadi. Doimiy ravişdagi janjallar, kaltaklarga qaramay men oilamizni saqlab qolişga harakat qilardim.

Bu ayol kişi uçun judayam qiyin. Heç bir ayol turmuşim buzilsin demaydi, faqatgina öziga inson sifatida ozgina e’tibor, mehr talab qiladi. Uni ham odam örnida körişlarini xohlaydi. Balki moddiy boylikka öç ayollar ham bordir. Lekin ozginagina öqigan, ilm, bilimga intilgan ayollar unday bölmaydi. Tinç va baxtli hayot keçirişni xohlaydi.

Janjallar tuşunmovçilikdan kelib çiqardi. Men inson sifatida özimni realizatsiya qilişni istardim. Işlagim kelardi. Turmuş örtoğim işlaşimni istamasdi. Lekin rözğorimizni ta’minlamasdi. Yoş bolalarim bilan oç qolgan kunlarim köp bölardi. Ularni boqiş uçun turli pişiriqlar, salatlar qilib sotgan kunlarim ham böldi.

Men oliy ma’lumotli bölaturib bunday yöl bilan pul topişim, bir tiyinga zor bölişim mantiqqa töğri kelmas edi. Şunday qilib işga çiqişga majbur böldim. Bu ham janjallar uçun yana bir bahona böldi.