Ayollar bugun rözğor va farzand tarbiyasidan taşqari oğir texnikalarni boşqariş, xavfli jinoyatlarni foş qiliş kabi murakkab işlarning ham uddasidan çiqmoqda. Kun.uz muxbiri osmonöpar inşootlar qurilişida yuk kötarayotgan krançi, tezyurar poyezdini işonç bilan boşqarayotgan maşinist, şahar köçalari böylab yölovçilarni manziliga yetkazayotgan avtobus haydovçisi, jinoyat tugunlarini yeçayotgan tergovçi kabi öz işining ustasi bölgan ayollar bilan suhbatlaşdi.
Minorali kran maşinisti Ziyoda Supiyeva 2013 yildan buyon quriliş sohasida faoliyat yuritadi. U TTZdagi bolalar kasalxonasi, Oloy bozori atrofidagi turar joy majmualari hamda Taşkent city hududida barpo qilinayotgan binolar qurilişida iştirok etgan. Hozirda oilali, 3 nafar farzandning onasi.
“Turmuş örtoğim boşida bu kasbda işlaşimga tösqinlik qilgan, keyinçalik ruxsat bergan. Bolalarim krançi ekanimdan faxrlanadi, katta bölganimizda siz qurgan binolarda yaşaymiz deb aytişadi, ularning gaplari menga kuç beradi”, – deydi u.
Krançi ayol har kuni 100 metrdan oşiq balandlikdagi iş kabinasiga zinalar orqali piyoda kamida 3 marta tuşib çiqadi. Uning sözlariga köra, quriliş tugallanmagani bois obektlarda liftlar işlamaydi.
“Qişda havo nam va sovuq bölişi, yozda oftob nurlari qizdirişi jarayonni yanada murakkablaştiradi. Balandlikda turib işlaganimiz tufayli har qanday ob-havo faoliyatimizga katta ta’sir körsatadi. Masalan, qişda metall konstruksiyalar muzlab, sirpançiq bölib qoladi. Harorat keskin tuşganda kabinadagi oynalar namlanadi, natijada taşqarini köriş qiyinlaşadi. Qattiq şamol esganda esa kabina biroz tebranadi, bunda boşqaruv balansini saqlaş va yukni belgilangan joyga olib ötiş bir neça karra kuçli e’tiborni talab qiladi”, – deydi Ziyoda Supiyeva.

Uning aytişiça, şamol tezligi ortganda hamda kuçli yomğir yoğgan paytlarda iş vaqtinça töxtatiladi. Krançi yuklarni aniqlik bilan joyiga yetkazişi, ostida işlayotgan quruvçilar va yerda yurgan odamlarning xavfsizligini ta’minlaşi şartligi sabab nafaqat yetarli tajriba, balki kuçli sabr va zehnga ham ega bölişi talab etiladi:
“Pastdan qaraganda, kranni boşqariş osondek tuyulişi mumkin. Şahar osmonida osilib turgan yuklarni millimetrgaça aniqlik bilan kerakli joyga yetkaziş – bu şunçaki oddiy iş emas, kuçli zehn, aniq konsentratsiya va töğri hisob-kitobni talab qiladigan mas’uliyatli jarayon”,









