O‘zbekiston | 13:03 / 12.12.2022
18374
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida havo harorati biroz ko‘tariladi

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 

Foto: Kun.uz

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, kunduzi havo 0-3 daraja iliqqacha ko‘tariladi, faqat ba’zi joylarda biroz manfiy harorat saqlanib turadi.

Ertangi kundan boshlab antitsiklon ta’siri asta-sekin kuchsizlashadi. Sovuq havo massasi nisbatan iliq havo bilan o‘rin almashadi. 

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga borib kechalari sovuq 0 darajagacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari esa havo 7-10 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 14 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu haroratning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlariga yaqindir.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda. 12-14 dekabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid