14:26 / 12.12.2022
5590

Samolyotda yo‘lovchi tashish narxi bir oyda qanchaga oshgani aytildi

Samolyotda yo‘lovchi tashish narxlari bir oyda o‘rtacha 6,5 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

2022 yil noyabr oyida O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari oktabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 6,5 foizga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 3,8 foizga arzonlashgani kuzatilgan.

O‘zbekistonda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari o‘tgan yil mos davriga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 2,7 foizga arzonlashgan.

Mavzuga oid
Top