Yerning sovuq hududlarida hozir muzliklar erimoqda. Bu esa jahon okeani sathi kötarilişi va qadimiy viruslar uyğonişiga olib kelişi mumkin.

Har yozda yirik örmon yonğinlaridan boxabar bölamiz — tugab borayotgan 2022 yil ham istisno bölmadi. Ona sayyoramiz bilan qandaydir dahşatli narsa sodir bölmoqda, har bir inson bundan voqif bölişi kerak, çunki tabiatning sofligi uçun har birimiz mas’ulmiz.

Butun dunyodagi suratkaşlar jahonda sodir bölayotgan falokatlarni tarixga muhrlab, jamoatçilik diqqat-eʼtiborini keng miqyosli bu muammoga jalb qilişmoqda.

Quyida keltirilayotgan fotosuratlar turli suratkaşlar tomonidan tuşirilgan. Reyting Fransiyaning Agence France-Presse (AFP) agentligi tomonidan tuzilgan. Avval fotosurat, söngra uning ta’rifi keltiriladi.

Guatavitadagi yonğin. Foto: Daniel Muñoz / AFP

Bu surat 2022 yilning yanvarida tuşirilgan. Unda Kolumbiyaning Guatavita provinsiyasidagi erkak örmon yonğiniga qarşi kuraşmoqda.

Grenlandiyada muzliklar erişi. Foto: Odd Andersen / AFP

2022 yilning iyunida fotosuratçi Odd Andersen Grenlandiyadagi aysberglardan birining çöqqisini suratga oldi. Surat markazidagi lojuvard suv global isiş natijasida muzning erişidan hosil bölgan.

Yangszi daryosining qurigan qismida ötirgan insonlar. Foto: STR / AFP

2022 yilning sentabrida Xitoydagi eng uzun daryo Yangszi daryosining qurib qolgan qismida ötirgan ikki insonning kvadrokopterdan olingan surati tarqaldi.

Kubadagi katta tölqin. Foto: Yamil Lage / AFP

Sentyabrda Kuba notinç böldi — Ien töfoni ulkan tölqinlar şakllanişiga sababçi böldi. Suratda ana şunday tölqinlardan biri Malekon töğonida yöl belgisini urib yiqitayotgani aks etgan.