12:19 / 13.12.2022
5752

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan daraxtlar kesilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyat ekologiya boshqarmasi ma’lumotida kesilgan daraxtlar soni 51 tup deb berilgandi. Viloyat prokuraturasi ma’lumotida ularning soni 38 tup ekani aytilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

Avvalroq, Kun.uz’da Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt kesib ketilgani haqida xabar berilgandi. Viloyat prokuraturasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum qilinishicha, viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi “Machay” o‘rmon bo‘limida tekshiruv olib borilganda, Qizil kitobga kiritilgan Zarafshon archasi, Shumtol, Uchkad va zarang kabi 38 tup daraxt shikastlantirilgani oqibatida o‘simlik dunyosiga jami 560 mln 550 ming so‘mlik modiy zarar yetkazilgani bo‘yicha xulosa berilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan 2022 yil 12 dekabr kuni Boysun tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “j” bandi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top