Boysun davlat örmon xöjaligi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondaşişi, yuklatilgan mas’uliyatni suiiste’mol qilişi oqibatida 51 tup daraxt kesib ketilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi mas’ul inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda daraxt kesuvçilarga qarşi tezkor reyd tadbirlari ötkazilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş  

Ana şunday reydlardan birida Boysun davlat örmon xöjaligi Maçay örmon bölimi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondaşişi, yuklatilgan mas’uliyatni suiiste’mol qilişi natijasida Maçay örmon bölimining Yetimtol va Almali massivlaridan Zarafşon arça, Şumtol, Uçqad , Zarang kabi jami 51 ta daraxt tag qismi bilan kesib ketilgani aniqlangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş  

Bu bilan qonunbuzarlar tomonidan “Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi qonunning 37-moddasi talablari buzilib, ösimlik dunyosiga 560 mln 550 ming söm zarar yetkazilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş  

Qayd etilişiça, holat yuzasidan töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun prokuraturaga yuborilgan.