Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:22 / 13.12.2022
9007
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro reytingga kirgan OTMni tugatgan kadrlarga 12 mln so‘mgacha ustama beriladi
Xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga 12 mln so‘mgacha, ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 mln so‘mgacha ustama beriladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, xalqaro reytinglarga kirgan xorijiy OTMlarni tamomlagan yosh mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdori bo‘yicha ustamalar to‘lanadi.
Ular quyidagicha:
- reytingda 1-100-o‘rin: bakalavr — BHM 30 barobari (9 mln so‘m), magistratura — 40 barobari, (12 mln so‘m), ilmiy daraja uchun — 75 barobari (22,5 mln so‘m).
- reytingda 101-300-o‘rin: bakalavr — 20 barobari (6 mln so‘m), magistratura 30 barobari (9 mln so‘m), ilmiy daraja uchun — 60 barobari miqdorda (18 mln so‘m);
- reytingda 301-500-o‘rin: bakalavr — 15 barobari (4,5 mln so‘m), magistratura — 20 barobari (6 mln so‘m) va ilmiy daraja uchun — 50 barobari miqdorida (15 mln so‘m) ustama beriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:25 / 15.07.2026
2026 yilda OTMga qabul keskin oshirildi
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
14:36 / 25.06.2026
Samarqand viloyati hokimi o‘qituvchilarni ko‘cha nazoratchisiga aylantirishni buyurdi
12:17 / 22.06.2026