Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notarius tomonidan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bitimini tasdiqlash reglamenti o‘zgaradi
O‘zbekiston hukumati ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Tegishli hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash ma’muriy reglamenti o‘zgaradi.
Notariuslar tomonidan mulkdorlar boshqaruvchi oldida qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning miqdori uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini rasmiylashtirishda tegishli shartnomada aks ettiriladi va yangi mulkdor ushbu qarzdorlik haqida ogohlantiriladi.
Bunda boshqaruvchi oldida qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlar notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan tizim orqali avtomatik tarzda yoki kurerlik xizmatidan foydalangan holda olinadi.
Ko‘p kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulk ayrim qismlarini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi umumiy ulushli mulk barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan taqdirda mulk huquqi vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:00 / 25.05.2026
Renovatsiya: mulkdor nima talab qila oladi, nima esa majburiy emas?
07:25 / 08.05.2026
Ko‘chmas mulk xaridorlarini avvalgi egasining qarzidan himoya qilish taklif etildi
15:07 / 08.12.2025
Notariuslikka talabgorlar uchun majburiy o‘quv kurslari tartibi tasdiqlanadi
10:05 / 11.09.2025