Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada partizanlar temiryo‘llarni portlatmoqda
Ular Ukrainadagi urushga qarshi guruhlar ekani aytilyapti.

Foto: theins.ru
Rossiyaning Rostov viloyatida noma’lum partizanlar temiryo‘l relslarini portlatib yubordi. Bu haqdagi videolar «Rospartizan» va «Svoboda Rossii» telegram kanallarida tarqatildi.
Temiryo‘lning ushbu qismidan harbiy texnikalar Ukraina bilan chegaradosh urush hududlariga tashilgan.
Xabarda buni «Legion» a’zolari amalga oshirgani va ular «mamlakatning turli hududlarida temiryo‘l izlarini buzishda» davom etishi aytilgan.

Avvalroq, aynan shu video BOAK telegram kanalida ham tarqatilgan, unda partizanlar Ukraina bilan chegaradosh hududlarda temiryo‘lni portlatib yuborgani aytilgan, biroq, hududning nomi keltirilmagan edi.
Urush boshlangandan beri Rossiyaning turli mintaqalarida temiryo‘llar izdan chiqarilgani yoki elektr uzatish ustunlari buzilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu partizan guruhlari tomonlaridan amalga oshirilayotgani, ular Ukrainadagi urushga qarshi bo‘lib, Rossiyaning urush olib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday qilishayotgani aytilmoqda.
Noyabr oyida 18 yoshli «partizan» Ilya Podkamenniy Irkutskda mis simlarni relslarga o‘rab, poyezdlar harakatini buzishni rejalashtirgani uchun hibsga olingan edi. Bir oy oldin, Bryansk viloyatida noma’lum shaxslar temiryo‘lni portlatib yubordi. Gubernator bunda portlovchi qurilma ishlatilganini aytdi. Bungacha mintaqada temiryo‘lga yaqin joylashgan ikkita elektr uzatish ustuni portlatilgan edi.
Mavzuga oid

22:51 / 26.08.2025
Ukrainada minalashtirilgan yerlar maydoni Angliya hududi o‘lchamidan oshdi

21:23 / 26.08.2025
Peterburgda «millat aniqlovchi» kameralar ishlay boshladi

18:43 / 26.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi

15:46 / 26.08.2025