Jahon | 00:58 / 14.12.2022
10202
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi qishki mavsumni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan gaz hajmini to‘pladi

Rossiyaning gaz shantaji ish bermadi.

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi qish mavsumini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan gaz hajmini to‘pladi. Bu Rossiya ta’minotidagi uzilishlarga qaramay sodir bo‘ldi, dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyadan gaz yetkazib berish 2022 yil sentabr va 2021 yil sentabr oyi bilan solishtirganda 80 foizga kamaygan.

«Biz Rossiyaning shantajiga qarshi tura oldik. Chunki biz gaz omborlarini to‘ldirish majburiyatini bajardik. Bizning omborlarimiz 90 foizdan ko‘proqqa to‘lgan. Biz so‘nggi besh yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan oshib ketdik», dedi fon der Lyayyen.

Rossiya hukumati tomonidan «Yevropani muzlatish» tahdidi muntazam yangrab turadi. Biroq, Yevropa qayta ta’minotni tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi. Rossiya gazini almashtirish ustuvor vazifaga aylandi, garchi ilgari bu uzoq muddatli maqsaddek ko‘rinsa-da. Rossiya o‘rniga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari endi AQSh, Norvegiya, Ozarboyjon, Jazoir, Nigeriya va boshqa Afrika davlatlari, shuningdek, Sharqiy O‘rtayer dengizi mamlakatlari (Misr, Isroil, Kipr) tomonidan gaz bilan ta’minlanmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid