O‘zbekistonda uy-joyga talab sezilarli oshdi – hududlarda narxlar qanday?
2022 yilning 11 oyi davomida O‘zbekiston bo‘ylab ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari 1 kv m uchun 15,8 foizga oshgan. Eng sezilarli o‘sishi Toshkent – 22,9 foiz va Navoiy – 22 foiz viloyatlari hamda Toshkent shahrida – 22,7 foiz kuzatilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyatni tahlil qildi.
Qayd etilishicha, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik 2022 yilning 11 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshdi. Shuningdek, ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar 15,8 foizga, xususan, Toshkent shahrida 22,7 foizga qimmatlashgan. Noyabr oyida respublikada ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni oktabr oyiga nisbatan 7,8 foizga oshgan.
Uy-joy savdosining eng yuqori o‘sish sur’atlari Xorazm – 38 foiz, Navoiy viloyatlarida – 24 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 23 foiz qayd etilgan. Yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uy-joy savdosining o‘sishi 9 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning noyabriga nisbatan ko‘chmas mulk bozoridagi shartnomalar soni 8,1 foizga oshgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2022 yil 1 noyabrda boshlangan ipoteka kreditlaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha kengaytirilgan dastur ko‘chmas mulk bozoridagi faollik va talabni rag‘batlantirmoqda.
Toshkentda uy-joy ijarasi narxlarining o‘zgarishi
Kuzning so‘nggi oyida poytaxtda ijara narxlarining pasayishi qayd etildi. Oktabr oyiga nisbatan noyabr oyida Toshkent shahrida ijaraga beriladigan uy-joy narxi 5,8 foizga arzonlagan. Shu bilan birga, yil boshidan beri poytaxtda o‘rtacha ijara narxi 35 foizdan oshdi va 1 kvadrat metr uchun deyarli 10 dollarni tashkil etgan
1 kv.m uchun eng yuqori ijara narxi Shayxontohur (13,2 dollar), Mirobod (12,3 dollar) va Yakkasaroy (12,2 dollar) tumanlarida qayd etildi. Nisbatan arzon narxlar Uchtepa (8,1 dollar), Sergeli (7,2 dollar) va Bektemir (6 dollar) tumanlarida kuzatilgan.
Ikkilamchi uy-joy ko‘chmas mulk bozoridagi faollik
Yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarning tez o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, respublikada 1 kv m uchun uy-joy narxi 15,8 foizga oshgan.
Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli o‘sishi Toshkent – 22,9 foiz, Navoiy – 22 foiz viloyatlar va Toshkent shahrida - 22,7 foiz kuzatildi. Poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozoridagi narx bir oy ichida 2,4 foizga qimmatlashdi.
Narxlarning eng yuqori o‘sishi Toshkentning Bektemir – 12 foiz, Mirobod – 5 foiz va Yunusobod – 4 foiz tumanlarida qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:27 / 14.11.2024
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
13:32 / 06.11.2024
Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
17:03 / 29.10.2024