Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya gaz va elektr energiyasiga nisbatan «narx tormozi»ni tasdiqladi
Gaz va elektr narxlarining cheklangan darajasi Germaniyada mart oyida kuchga kiradi hamda yanvar va fevral oylarida ham amal qiladi, lekin o‘tgan yilgi darajadan iste’molning atigi 80 foizi uchun ishlaydi.
Germaniya Bundestagi gaz va elektr energiyasiga nisbatan «narx tormozi» deb ataluvchi qonunni ma’qulladi, bu Berlinning energiya inqirozi davrida iste’molchilarga yukni kamaytirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlaridan biri hisoblanadi. 15 dekabr, payshanba kuni deputatlar gaz va elektr energiyasining asosiy iste’moli uchun cheklangan narxlar to‘g‘risida hukumat tomonidan tayyorlangan qonun loyihasini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladilar.
Gaz uchun «narx tormozi» 2023 yilning mart oyidan kuchga kirishi kerak, biroq retrospektiv ravishda yanvar va fevral oylarida ham amal qiladi. Iste’molchilar - jismoniy shaxslar va kichik kompaniyalar uchun gazning maksimal narxi bir kVt/soat uchun 12 sent, elektr energiyasi uchun - 40 sent etib belgilandi.
Qo‘llab-quvvatlash choralari 2022 yilda uy xo‘jaliklarining yillik iste’moli atigi 80 foizini qoplaydi. Shu tariqa, hokimiyat aholini elektr va gazni tejashga undamoqchi. U 2024 yilning apreligacha amal qilishi kutilmoqda.
Endi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun Bundesratga yuboriladi, yig‘ilish 16 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026