Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi yirik chiqindi poligoni balandligi 62 metrga yetdi
Uni 20 qavatli uy bilan taqqoslasa bo‘ladi.
Foto: Sanchit Khanna/Hindustan Times/Getty Images
Hindiston poytaxti Dehli shahrining shimoli-g‘arbiy qismidagi Bhalsva chiqindi poligoni tobora kattalashib bormoqda.
Chiqindi uyumi balandligi qo‘rqinchli darajada 62 metrga yetgan, uni 20 qavatli uy bilan taqqoslash mumkin. Shunday bo‘lsa-da, unga chiqindi tashlash jarayoni to‘xtamayapti.
Shu yilning o‘zida poligonda 14 ta yong‘in sodir bo‘ldi, bu uning tubida bir necha oydan beri tutayotgan o‘choqlarni hisobga olmaganda. Yong‘in paytida metan ajralib chiqyapti va zaharli suyuqliklar tuproqqa singib, yerosti suvlarini bulg‘amoqda.
Bhalsvaning 200 minglik aholisi yashash uchun yaroqsiz hududda istiqomat qilyapti, zaharli havodan nafas olishga va ifloslangan suvda cho‘milishga majbur bo‘lyapti.
Qayd etish joizki, Bhalsva Hindistondagi eng yirik chiqindi poligoni emas. Masalan, Yangi Dehli sharqida G‘ozipur poligoni joylashgan. Uning hududi 40 ta futbol maydoniga teng bo‘lib, balandligi yiliga o‘n metrga oshyapti.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026