Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilarga ayrim imtiyozlar beriladi
Parlament quyi palatasi majlisida “Soliq kodeksi 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, qurilish, sanoat ishlab chiqarish va urbanizatsiya ko‘lami keskin kengayishi, aholi punktlariga ekologiya bilan bog‘liq holatlar ta’siri oshishi hamda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun aholi to‘lov intizomi past darajada ekanligi sanitar tozalash korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘shimcha choralar ko‘rish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Qonun loyihasi bilan Soliq kodeksiga tegishli qo‘shimchalar kiritish orqali chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilarga ayrim soliq imtiyozlarini berish taklif etilmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinishi sanitar tozalash korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularda uzoq muddatli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini rag‘batlantirish hamda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026