Yevrokomissiya gaz inqirozini yengish uchun Uniper'ni milliylashtirishga ruxsat berdi
Yevropa Komissiyasi Germaniya hukumatiga gaz inqirozini yengish uchun Uniper konsernini milliylashtirishga ruxsat berdi.
Yevrokomissiya Germaniya hukumati tomonidan Rossiyadan mamlakatning eng yirik gaz importchisi - Uniper energetika konsernining milliylashtirilishini ma’qulladi. Bu haqda 16 dekabr, juma kuni DW xabar bermoqda.
Yevrokomissiya milliylashtirish raqobat bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmaydi degan xulosaga kelganidan so‘ng, kelishuv Yevropa Ittifoqining qo‘shilish bandi asosida amalga oshirildi. Milliylashtirish zarurati davom etayotgan energetika inqirozi, aniqrog‘i Rossiya gazi ta’minotidagi nosozlik tufayli yuzaga keldi, dedi DW savoliga javoban Yevropa Ittifoqi vakili Ariana Podesta.
Bularning barchasi «Uniper to‘lovga layoqatsizligining oldini olish uchun katta kapital oqimiga yo‘naltirilishiga olib keldi», deb tushuntirdi Podesta va gap Germaniyaning Rossiya gazining eng yirik importchisi haqida ketayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Germaniya hukumati bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. YeK ularning tafsilotlari, shuningdek, kelishuv muddatini hozircha oshkor qila olmaydi.
Sentabr oyida Germaniya hukumati Uniper va konsern aksiyalarining 78 foiziga egalik qiluvchi Finlyandiyaning Fortum energetika kompaniyasi bilan milliylashtirish bo‘yicha kelishib oldi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, hukumat Uniper'ga 8 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritadi, shuningdek, Fortum'dan aksiyalarni har biri uchun 1,7 yevrodan sotib oladi. Shunday qilib, federal hukumat konsern aksiyalarining taxminan 98,5 foiziga egalik qiladi, deya qayd etadi dpa agentligi.
Uniper Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilganidan keyin muammolarga duch keldi, buning natijasida konsern o‘z shartnomalarini bajarish uchun etishmayotgan gazni yuqori bozor narxlarida sotib olishga majbur bo‘ldi. Uniper Germaniyaga tabiiy gaz importida markaziy rol o‘ynaydi hamda 100 dan ortiq shahar kommunal xizmatlari va yirik kompaniyalarni ta’minlaydi, deya eslatadi dpa.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
09:39 / 24.10.2024