Gitlerdan nafratlangan britan ayoli – Violetta Jabo

Atigi 24 yil (1921-1945) yaşagan Violetta Jaboning onasi fransuz, otasi ingliz edi. Bunday oilada ulğayiş unga har ikki tilni mukammal biliş imkoniyatini yaratdi. Ikkinçi jahon uruşi arafasida u fransuz ofitseri Eten Jaboga turmuşga çiqadi. Eten vafot etganida Violetta qölidagi qizaloği bilan yolğiz qolib ketadi va faşistlar tuzumiga qarşi çidab bölmas nafrat tuyadi.

Violetta Jabo

23 yoşli ayol bosib olingan Fransiya hududiga razvedkaçi sifatida yuboriliş taklifini darhol qabul qiladi. Britaniyaning Special Operations Executive tizimida tezkor tayyorgarlik ötagan Violetta ona yurti Fransiyaga yöl oladi va qisqa vaqt içida qulay pozitsiyani egallaydi.

Duşman qöşinlari soni, qurollar toifasi va miqdori, harbiy zavod hamda omborlar joylaşuvi haqida şu qadar aniq axborotlar jönatadiki, ittifoqçilar bu ma’lumotlar orqali jiddiy natijalarga erişa boşlaydilar. Violetta Jabo faqat ma’lumot jönatiş bilan çeklanib qolmaydi. Diversion guruhga qöşilib, yöllar, köpriklar, temiryöllarni portlatişda iştirok etadi. Birinçi safari muvaffaqiyatli yakunlangan Jabo Londonga qaytadi.

Ammo ikkinçi yurişi omadsiz keçadi. U ketayotgan avtomobil öqqa tutiladi. Öqlari tugagan Jabo na qarşilik körsata oladi, na özini öldirişga ulguradi. Asirlikda u qattiq qiynoqlarga solinadi, ammo birorta sirni sotmaydi. Ravensbryuk lagerida uzoq davom etgan qiynoqlar samara bermagaç, Violetta otib taşlanadi. U faşizm ustidan ğalabaga bir neça oy qolganda halok böladi.

Emi Elizabet Torp – agent Tsintiya

“Agent Tsintiya” nomi bilan maşhur Emi Elizabet Torp (1910-1963) zodagonlar toifasiga kirişi bilan birga juda maftunkor ham edi. Uning eri, rasman diplomat, aslida esa Britaniya razvedkasi xodimi Artur Pek esa bundan ustalik bilan foydalanadi. Pek xotinining turli davlatlarning kazo-kazolari bilan işqiy aloqalariga göyoki “köz yumadi”. Aslida esa er-xotin juda muhim harbiy siyosiy ma’lumotlar töplab, Britaniyaga yetkazib turişadi.

Agent Tsintiya

Artur Pekning tösatdan ölimi ham Tsintiyaning faoliyati töxtab qolişiga sabab böla olmaydi. Britaniya razvedkasi uni AQŞga jönatadi va Tsintiya bu davlatda italyan harbiy dengiz attaşesi, admiral Alberto Laisni öziga rom etib oladi. Bu operatsiyaning öziga xos jihati şunda ediki, italyan floti haqida olingan qimmatli ma’lumotlar ikki davlat örtasidagi Matapan burnida bölib ötgan dengiz jangida qöl keladi. Britaniya öz duşmaniga qaqşatqiç zarbalar beradi va ğolib çiqadi.