Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev shahar uzra 9 ta dron urib tushirilganini xabar qildi
Kiyev shahriga Eronning Shahed uchuvchisiz uchoqlari hujum qilmoqda, deya xabar berdi Kiyev shahar harbiy ma’muriyati.
Foto: Getty Images
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina poytaxti havo bo‘shlig‘ida dushmanning 9 ta uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shaharda portlash ovozlari eshitilmoqda, deb xabar berdi Reuters.
Kiyev va Kiyev viloyati, Luhansk viloyati va Qrimdan tashqari hamma hududda havo hujumi haqida ogohlantirish trevogasi bekor qilingan.
Avvalroq Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga zarbalar berish uchun Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatlaridan yana faol foydalana boshladi, deb xabar bergandi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW).
Uning ekspertlari Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligining 10 dekabrdagi xabariga tayangan, unda Rossiya harbiylari Xerson, Mikolayiv va Odessa viloyatlarida Shahed 136 va Shahed 131 dronlari yordamida 15 ta hujum uyushtirgani aytiladi.
O‘z navbatida, ISW qayd etishicha, 7 dekabr kuni Rossiya harbiylari uch haftalik tanaffusdan so‘ng Ukrainadagi nishonlarga zarba berish uchun Eron UUAdan foydalanishni qayta boshlagan. Bir necha kun oldin Amerikaning NBC News telekanali Oq uydagi manbalariga tayanib, Rossiya hukumati Eron dronlarini qabul qilib olish evaziga Eronga «misli ko‘rilmagan darajada» harbiy-texnik yordam ko‘rsatayotgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
16:47 / 16.04.2026