Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik borligi eslatildi
Foto: Kun.uz
Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxs to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilar iltimosiga ko‘ra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.
Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Xususan: nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha; ota-ona yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha; nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:19 / 28.04.2026
O‘zbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi – tadqiqot
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
09:02 / 28.03.2026
Chiqindilarni noqonuniy olib ketish uchun javobgarlik belgilandi
10:53 / 12.03.2026