Prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida energetika sohasi böyiça muammolarga töxtaldi.

«Oçiq aytiş kerak, energetika sohasidagi muammolar bugun paydo bölib qolgani yöq.

Köp yillar davomida yangi gaz konlariga investitsiya kiritilmagani, elektr va gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinmagani ham, ayni haqiqat.

Oqibatda, tizimda aniq hisob-kitob yöqligi, katta yöqotişlar oddiy holga aylanib qolgan edi.

Şu bilan birga, sönggi olti yilda aholimiz 12 foizga, sanoat korxonalari esa 2 barobarga ortib, 45 mingdan 100 mingtaga köpaydi. Natijada, elektr energiyasiga talab kamida 35 foizga oşdi va yildan yilga köpayib bormoqda», dedi prezident.

Iqtisodiyot barqaror rivojlanişi uçun energetika sohasiga 25-30 milliard dollar investitsiya kerakligi ta’kidlandi.

«Bunga faqatgina xususiy investitsiyalarni jalb qiliş orqali erişiş mumkin. 

Şu bois, sönggi uç yilda sohaga 8 milliard dollarlik töğridan töğri investitsiyalar jalb qilindi.

Jumladan, ötgan haftada Buxoro, Namangan va Xorazmda quvvati 500 megavattli yana 3 ta quyoş stansiyalarini quriş böyiça tanlov yakunlandi.

Yil boşidan quvvati 1,5 ming megavattli 7 ta elektr stansiyasini işga tuşirdik. Kelasi yilda yana 4,5 ming megavattli 11 ta yirik loyihani yakuniga yetkazamiz.

Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farğona va Toşkent viloyatlarida barpo etiladigan quyoş va şamol elektr stansiyalari hisobiga, qöşimça 14 milliard kilovatt elektr işlab çiqariladi. 

Bu orqali, xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga köpayadi»,  dedi prezident.

Davlat rahbari energetika sohasida erkin bozorga ötiş şartligini ta’kidladi.

«Oçiq aytiş kerak, köp iqtisodçilar energetika sohasida erkin bozorga ötişni taklif qilmoqda.

Bu – töğri yöl. Men ham buni xohlayman.

Lekin, xalqimizning jon boşiga daromadi, ijtimoiy himoyasini öylab, bu sohadagi islohotlarni şoşmasdan, bosqiçma-bosqiç qilişimiz kerak. Hozir bozor narxiga ötsak, odamlar tölay olmay qiynaladi.