Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlisdan tugab borayotgan 2022 yilgi davlat budjeti haqidagi qonunni özgartirişni söramoqda.
Deputat Rasul Kuşerbayevning ma’lum qilişiça, tegişli qonun loyihasi deputatlar qöliga “şoşilinç berilgan”. Unda 2022 yil budjetini yana 2 trln sömga oşiriş közda tutilgan:
- davlat-xususiy şerikligi asosida asosida faoliyat körsatayotgan xususiy boğçalar sonining ortib borayotgani hisobiga, bu yönalişga qöşimça subsidiyalar ajratiş uçun Maktabgaça ta’lim vazirligiga – 407,1 mlrd söm;
- issiqlik ta’minoti böyiça aholiga past darajali tariflar qöllanişi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplaş maqsadida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligiga – 404,7 mlrd söm;
- eksport qilinadigan mamlakatlarda mahalliy avtomobil sanoati korxonalari tomonidan tölanadigan utilizatsiya yiğimi xarajatlariga davlat budjetidan mablağ ajratiş uçun Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligiga – 224,5 mlrd söm;
- hududlarda zudlik bilan yeçilişi lozim bölgan qöşimça tadbirlarni moliyalaştiriş maqsadida keyinçalik mahalliy budjetlarga qayta taqsimlaş (ötkazib beriş) maqsadida Moliya vazirligiga – 1 000,0 mlrd söm.
“Eng qiziği utilizatsiya yiğimi kimlarga va qanday maqsadlarda işlatilayotgani, monopolist UzAuto Motors utilizatsiya yiğimini tölayaptimi-yöqmi, bu yaşirilayotgan bir vaqtda davlat budjetidan utilizatsiya yiğimi xarajatlariga 224,5 mlrd söm ajratiş söralişi – mantiqsizlik. Katta ehtimol bilan xalqning ğaznasidagi bu pullar monopolist kompaniyaning hisobiga ötkaziladi”, – deya yozgan Kuşerbayev.
Deputat bu loyihaning qabul qilinişiga töliq qarşiligini bildirgan. Uning Iqtisodiyot vazirligiga tayanib aniqlik kiritişiça, söralayotgan 224,5 mlrd söm mablağ ikkita mahalliy işlab çiqaruvçiga tölab berilişi közda tutilgan. Bular:
- UzAuto Motors'ga – 137,5 mlrd söm;
- SamAutöga – 87 mlrd söm.
Eksport qilinayotgan avtomobillar uçun xorijdagi utilizatsiya yiğimi böyiça xarajatlarni davlat budjetidan kompensatsiya qilişga amaldagi budjet qonuni böyiça 2022 yilda 100 mlrd söm yönaltiriş belgilagan. Hukumat sörovi qondirilsa, bu summa 324,5 mlrd sömga yetadi.

















