Xalqlar otasi yoki qotili? Sovet ittifoqining alvon bayroğini qon bilan böyagan Stalin
|23:08 / 20.12.202260 99214 min
Stalin nomini eşitmagan, bilmagan özbeklar juda kam. Kimlardir uçun «xalqlar otasi», kimlardir uçun esa «xalqlar qotili» sifatida köriluvçi bu kimsa nafaqat SSSR, balki butun dunyo tarixida ham eng şafqatsiz yetakçilardan biri hisoblanadi.
Foto: WikipediaFoto: Wikipedia
«Buyuk dohiy»ning dohiyona qarorlari sabab yuz minglab insonlar vatanidan ayrilgan va ona yurtidan uzoqda vafot etgan, yana yuz minglab insonlar turli tuhmat va böhtonlar bilan ölimga hukm qilingan. Butun bir xalqlar yöqlikka mahkum etilgan. Kun.uz insoniyat tarixidagi eng şafqatsiz davlat rahbarlaridan biri haqida hikoya qiladi, zero avlodlar ularning ajdodlari qanday kunlarni boşdan ötkazganini bilişi va xulosa çiqarişi lozim.
Alam bilan ösgan gruzin
Iosif Jugaşvili Vissarionoviç yoki Stalin 1878 yil 18 dekabr kuni Gruziyaning Gori şahrida tavallud topadi. Stalinning otasi, kelib çiqişi osetin deb aytiluvçi Vissarion Jugaşvili poyabzal tikuvçi usta edi. Oila ança kambağal bölib, juda köp içuvçi ota mast holda kelib, öğlini ayamay döpposlardi. Aynan şu kaltaklar yoş Stalin ruhida şafqatsizlik va diydasi qattiqlikka sabab böladi.
Noçor oila öğilni bepul çerkov maktabiga joylaştiradi. Diniy maktabni tugatgan Jugaşvili poytaxt Tbilisidagi diniy seminariyaga öqişga kiradi. Bu yerda u ilk bor jahon sotsialistik ğoyalari asosçisi — Karl Marks kitoblari bilan tanişadi. Yoş gruzin Kavkazdagi sotsial-demokratlar harakati bölmiş «Maseme-dasi»ga qöşiladi. Sotsializm tarğibotçisiga aylangan Jugaşvili temiryölçilarning inqilobiy guruhiga rahbarlik qila boşlaydi.
Inqilobiy harakatlari sabab Stalin 1899 yil diniy seminariyadan haydaladi. Şundan söng Tbilisi rasadxonasiga işga kiradi va ölkadagi siyosiy jarayonlar hamda namoyişlarda faol qatnaşa boşlaydi.
1903 yili Rossiya sotsial-demokratlari ikki guruhga: menşevik va bolşeviklarga bölinib ketgaç, Jugaşvili ança jangariroq ikkinçi guruhni tanlaydi. «Pravda» va «Zvezda» gazetalarini taşkil etişda qatnaşadi va «Pravda» gazetasida muharrirlik qiladi. Gazetada «Marksizm va milliy masalalar» maqolasi çop etilgaç, Stalin milliy masalalar böyiça mutaxassis sifatida obro‘ qozonadi. Bolşeviklar rahbari Lenin körsatmasi bilan Kavkazdagi namoyiş va mitinglarda qatnaşişni töxtatmagan Stalin yetti marta qamoq va bir neça marta surgun bilan jazolanadi.
Yoş Stalin. 1904-yil.
Foto: Live Journal
«Stalin» nomi qanday paydo bölgandi? Haqiqatda temir iroda uçunmi?
Mavzuga oid
Partiyaga qöşilgan Jugaşviliga jarangdor va rusçada qulay aytiluvçi ism kerak edi. Dastlab u öziga «Koba» nomini tanlaydi. Bu Gruziyadagi maşhur asar qahramoni nomi edi. Ikkinçi taxminlarga köra, bu ism Gruziyani egallab olgan va Tbilisini poytaxtga aylantirgan fors şohi Kubod II nomi bilan boğliq bölib, Stalin uşbu sosoniylar şohiga juda qiziqqan.
Ammo keyinroq bolşeviklar safiga qöşilgaç va siyosiy doirasi ança kengaygaç, Jugaşviliga yangi ism lozim böladi. 1912 yil u Şveytsariyadagi partiya dohiysi Leninga hamohang Stalin nomini oladi. Lekin bu borada ham turli qaraşlar mavjud: partiya propagandasi bu ism gruzinça pölat sözini bildiruvçi «Juga» familiyasi sabab olinganini ta’kidlab kelgan. Biroq SSSR tarqalib ketgaç aniq böldiki, «Juga» heç qanday pölat ma’nosini bermaydi. Ba’zilar bu Jugaşvilining sevgilisi Lyudmila Stal nomi bilan boğlanişini aytsa, ba’zi taxminlar Stalin tarjimalarini yöq qilişni buyurgan noşir Yevgeniy Stefan Stalinskiyga qaratiladi.
Lyudmila Stal.
Foto: Live Journal
Ammo şu narsa aniqki, Stalin nomi heç qanaqa temir iroda yoki öğlini nemis generaliga almaştirmagan pölatdek qattiq vatanparvar insonga boğliq emas. Bu nom şunçaki dohiyga yoki mahbubaga qöyilgan «paxta» edi.
Hokimiyat tomon yöl
1917 yil fevral inqilobi yuz bergan paytda Stalin surgunda edi. Inqilobdan söng ozodlikka çiqqan Koba Petrogradga keladi. Hokimiyatni egallagan liberal örta sinf vakillarini birmunça vaqt qöllab-quvvatlagan Stalin keyinroq Lenin ta’siri ostida hokimiyatni kuç bilan tortib olişga xayrixoh böladi. 1917 yil oktyabr inqilobini amalga oşirişda Stalin ham katta rol öynaydi. Inqilobdan söng oliy hokimiyat Lenin, Stalin va Lev Trotskiy qöliga ötadi. Lenindek kuçli notiqlikka, Trotskiydek bilimga ega bölmagan Jugaşvili asosan taşkilotçilik işlari bilan şuğullanadi.
Fuqarolar uruşi davomida harbiy harakatlarda qatnaşgan Stalin bir vaqtning özida millatlar masalalari böyiça komissar (vazir) sifatida ham işlaydi. 1922 yil Rossiya kommunistik partiyasi markaziy plenumida Siyosiy byuro va Markaziy qömita a’zosi bölmiş Stalin Markaziy qömita boş kotibligiga saylanadi. Bu lavozim öşa paytda faqatgina partiya rahbarligini belgilardi. Xalq komissarlari soveti raisi Lenin amalda butun hokimiyat egasi, hukumat va partiya rahbari hisoblanardi. Keyinçalik Lenin vafot etganidan söng Stalin davlatni boşqara boşlagaç, Markaziy qömita boş kotibi SSSR rahbari lavozimiga aylandi. Markaziy qömita boş kotibligi Stalinga öz ittifoqdoşlarini muhim lavozimlarga tayinlaş va guruhini yaratişga imkon beradi.
Lenin vafotidan söng kuraşda ğolib çiqqan Stalin SSSRning yangi rahbariga aylanadi. Stalin hokimiyat yölidagi asosiy raqibi Trotskiyni Nikolay Buxarin va Aleksandr Rikov bilan birgalikda yöldan olib taşlaydi. Trotskiy mamlakatdan quvğun qilinadi va 1940 yil Meksikada Stalin buyruği bilan öldiriladi. Keyinroq Buxarinning boşiga Trotskiynikidan ham oğirroq qismat tuşadi: 1938 yili otib taşlanadi.
Sovet inqilobi yetakçilari. (Çapdan öngga) Stalin, Lenin va Trotskiy.
Foto: Live Journal
«Xalqlar qotili»
Kolxoz va sanoatlaştiriş
Lenin vafot etgaç hokimiyatga kelgan Stalin 1928 yil sobiq rahbarining qaraşlariga xiyonat qiladi va Lenin boşlagan Yangi iqtisodiy reja (NEP)ni bekor qiladi. Buning örniga Koba SSSRda kolxoz va sanoatlaştiriş inqilobini boşlaydi. Yigirma beş millionga yaqin dehqon xöjaliklari sovxoz va kolxozlarga birlaştiriladi. Xususiy mulk tuşunçasiga örin qoldirilmaydi, barça yerlar egalaridan tortib olinadi. Badavlat va örtahol mulkdorlar «quloq» deb nomlanadi. «Quloqlar»ning köpçiligi öldiriladi, surgun qilinadi yoki Stalin davri ramziga aylangan konsentratsion lagerlarga (GULAG) taşlanadi. U yerda ular sanoatlaştirişning tekin işçi kuçiga aylanadi.
Kolxozlaştiriş Ukrainada dahşatli oçarçilikka sabab böladi. Öz yerini berişga qarşi bölgan ukrain dehqonlari OGPU (Birlaşgan davlat siyosiy boşqarmasi) xodimlari tomonidan öldiriladi yoki surgun qilinadi. Ukraina tarixida bu davr «Golodamor» (golod-oçlik, mor-qirğin) deb nomlanadi.
Stalinning kolxoz va sanoatlaştiriş siyosati tufayli ön millionga yaqin inson halok böladi. Yana yuz minglab insonlar mamlakatdan çiqib ketadi. Sovet ittifoqining to bölinib ketguniga qadar ğalla importiga qaram bölib qolişiga ham aynan kolxozlaştiriş yillarida ğalla yetiştiruvçi örtahol dehqonlar sinfi yöqotilişi sabab bölgandi.
«Buyuk tozalaş»
Qölidan buyruq beriş va öldirişdan boşqasi kelmaydigan diktator uçun undan aqlliroq barça xavflidek körinar edi. «Buyuk dohiy» örta sinfni bir yoqlik qilgaç, endi özini hokimiyatga olib kelgan kommunistik partiya a’zolariga qarşi terror kampaniyasini boşlaydi.
Stalin(markazda) va boşqa sovet rasmiylari Tojikistonda. 1935-yil.
Foto: Asia-Plus
Kampaniyaga bahona SSSRning közga köringan arboblaridan biri Sergey Kirovning 1934 yilning 1 dekabrida Leningradda öldirilişi böladi. Partiya va hukumatda «tozalaş» işlari boşlanadi. Stalin vafot etganidan söng uning şaxsiga siğinişni qoralagan ma’ruzasida Nikita Xruşçyov Kirov ölimini yangi terrorni boşlaş uçun Stalinning özi uyuştirganiga işora qiladi. «Dohiy»ning maqsadi mutlaq hokimiyatga erişiş edi.
Lenin ölimidan söng partiyaning yirik yetakçilaridan bölgan Grigoriy Zinovev va Lev Kamenov 1936 yil sud qilinadi hamda otib taşlanadi. Keyingi ikki yilda yana köplab partiya va sovet elitasi vakillari yöq qilinadi. Stalin öşa davrdagi eng nufuzli general Tuxaçevskiy ustidan ham sud uyuştiradi va uni otuvga hukm qiladi. Yana bir neça obröli generallar va hatto «dohiy» tayançi bölgan NKVD (Içki işlar xalq komissarligi) a’zolari ham Stalin qirğini qurboniga aylanadi. Bu qirğinlar uçun yangi atama — «xalq duşmani» öylab topiladi.
«Buyuk tozalaş»ning ikkinçi qismi ittifoq tarkibidagi xalqlar ziyolilariga qaratiladi. San’at, adabiyot, siyosat va yuridik sohalardagi köplab ziyolilar turli böhton va tuhmatlar bilan konsentratsion lagerlarga yuboriladi yoki otib taşlanadi. Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Çölpon va boşqa jadid namoyandalari ham Stalinning qatağon siyosati qurboniga aylanadi.
«Buyuk tozalaş» Stalinni haqiqiy dohiyga aylantirdi. Mamlakatda uning qudrati va zakovatiga zarraça şubha bilan qaraşga heç kim botina olmasdi. «Xalqlar qotili» propaganda orqali «xalqlar otasi»ga aylandi.
Ikkinçi jahon uruşi
Ikkinçi jahon uruşi ham Stalinning ommaviy qatllaridan biri edi. Köpçilik ğalabaga aynan Stalin sabab bölganini ta’kidlaydi. Töğri, «xalqlar qotili» doimgidek özining şafqatsizligi bilan ğalabaga erişdi, ammo qanday qurbonlar evaziga?
(Çapdan öngga) Uinston Çerçil, Franklin Delano Ruzvelt va Stalin Postdam konferensiyada
Foto: Wikipedia
Jahon uruşi davomida mağlub Germaniya umumiy hisobda 22 million aholisidan ayriladi, ğolib SSSR tomonida esa 27 milliondan ortiq inson halok böladi. Ğolib va mağlub tomondagi bunday raqamlarga Stalin uçun odam qadrining umuman yöqligi va sovet generallariga askarlar hayotining qiziq emasligi sabab edi.
Ikkinçi jahon uruşida Stalin ham aybdorlardan edi. Aynan Stalin Hitler bilan hamkorlik qiladi va birgalikda polyak xalqini qonga botiradi. Germaniya Ğarbiy Yevropada Buyuk Britaniya va Fransiya bilan band bölib turganida Finlandiyaga hujum qiladi, Litva, Latviya va Estoniyani bosib oladi.
Stalin sovet razvedkasining Germaniya SSSRga hujum qilişi haqidagi aniq ma’lumotlariga işonmaydi va şiddatli nemis hujumidan hayratda qoladi. Oqibatda millionlab insonlar halok böladi. SSSR ğarbidagi samolyotlar havoga kötarilib ulgurmasdanoq Germaniya tomonidan yöq qilinadi.
Uruş boşida Hitlerga öxşab barça harbiy harakatlarga aralaşgan Stalin, keyinroq bu işni tajribali generallarga topşiradi. Dohiy yana öz kasbiga qaytadi: 1943 yil Sibirda yaşovçi qalmoq xalqi Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinadi. 1944 yil esa Stalinning buyruği bilan nemislar bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib, Qrimdagi tatar xalqi ham deportatsiyaga uçraydi. NKVD zobitlari köçiriş vaqtida minglab insonlarni majburiy ravişda uyidan haydab çiqaradi, böysunmaganlar esa otib taşlanadi. Har ikki deportatsiya keyinçalik genotsid deya tan olingan.
Mao Szedun va Stalin.
Foto: Regnum
Yangi «tozalaş». Şifokorlar fitnasi
Ikkinçi jahon uruşidan keyin SSSR va AQŞ dunyoning eng qudratli davlatiga aylanadi. AQŞ va Ğarbiy Yevropa SSSRga qarşi ittifoq tuzganida sovetlar ittifoqi ham Şarqiy Yevropadagi deyarli öziga qaram davlatlar bilan yangi ittifoqqa birlaşadi. Stalin butun dunyo sotsializmini nazorat qilişga intiladi.
Lekin Yugoslaviya yetakçisi Broz Tito Stalinga xiyonat qilgaç, bunday harakatlar qayta takrorlanmasligi uçun «dohiy» yangi terror tölqinini boşlaydi. Yana köplab kommunistik partiya yetakçilari, ziyolilar otuvga hukm qilinadi yoki konsentratsion lagerlarga yuboriladi. Konsentratsion lager va qamoqxonalar ma’muriyati bölmiş GULAG Stalin boşqaruvining ramziga aylanadi.
1953 yil yanvarda ança yoşi ötib qolgan, hammaga şubha bilan qaray boşlagan Stalin yangi qatağon nişoni — «şifokorlar işi»ni öylab topadi. Bu iş SSSRdagi yahudiylarga ham qarşi qaratilgan bölib, bir guruh şifokorlar hibsga olingandan söng butun mamlakatda şifokorlarni qamoqqa oliş kampaniyasi boşlanib ketadi (Stalin ölgaç ularning barçasi qöyib yuborilgan).
Foto: “Buyuk dohiy” bilan vidolaşuv.
Foto: Wikipedia
Ölim va meros
Biroq yangi terrorni buyuk «dohiy»ning ölimi töxtatib qöyadi. «Xalqlar qotili» 1953 yil 5 martda öz xonasida ölik holda topiladi. Şu tariqa, SSSRning qizil bayroğini qon bilan böyagan diktator hayoti yakun topadi.
Stalindan keyin SSSR boşqaruviga kelgan Nikolay Xruşçyov 1956 yil Kommunistik partiya yiğilişida «Stalin şaxsiga siğiniş va uning oqibatlari» haqida ma’ruza qiladi. Unda faqatgina 1937-1938 yillarda bir yarim million odam qatağon qilingani va ularning 680 mingi otib taşlangani aytiladi.
Butun SSSR böylab Stalin haykallari yöqotila boşlanadi. Stalingrad şahri nomi Volgogradga özgartiriladi. Lenin yoniga mumiyolangan holda qöyilgan Stalin jasadi u yerdan olib Kreml yaqinidagi qabristonga dafn qilinadi. Siyosiy byuro Lenin vasiyatlariga amal qilmagan va ularni buzgan şaxsga uning yonida joy yöq deya hisoblagandi.
Iosif Jugaşvili Vissarionoviç yoxud Stalin insoniyat tarixidagi eng şafqatsiz va zolim diktatorlardan biri edi. Stalin yigirma million insonning ölimi uçun javobgar hisoblanadi. Uning ahmoqona va şafqatsiz qarorlari sabab yana millionlab insonlar uysiz va vatanidan uzoqda yaşaşga mahkum böldi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi