O‘zbekiston | 08:50 / 21.12.2022
6012
4 daqiqa o‘qiladi

Mobiuz kompaniyasi Urganch shahrida zamonaviy Xizmat ko‘rsatish markazini ochdi

Foto: Mobiuz

Mobiuzʼning Xorazm viloyatidagi yangilangan bosh ofisida abonentlar, korporativ mijozlar va tijorat hamkorlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Faoliyatining sakkiz yilligini nishonlayotgan Mobiuz mobil aloqa operatori ofislari tarmog‘ini to‘liq modernizatsiya qilishda davom etmoqda. Kompaniyaning Samarqanddagi modernizatsiya qilingan Xizmat ko‘rsatish markazi ochilishidan qisqa vaqt o‘tib, Urganch shahridagi zamonaviy ofis ham abonentlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Erta tongdan bu yerda bayram xabarchilari bo‘lgan karnay va surnaylar yangray boshladi. Shar va gullar bilan bezatilgan bino, jo‘shqin qo‘shiqlar va Xorazm raqslari yig‘ilgan mehmonlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Ochilish marosimida mobil aloqa operatori rahbariyati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi vakillari, kompaniyaning tijorat hamkorlari, abonentlari va xodimlari ishtirok etdi.

Mobiuz bosh direktorining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Yoqubjon Saydaliyev mamlakatimizda AKT, jumladan, mobil aloqani rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Mobiuz Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlari bilan texnik rivojlanish bo‘yicha investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, zamonaviy mahsulot va xizmatlarni joriy etmoqda. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratish ham kompaniyaning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Oxirgi bir yil davomida Urganch shahridagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi binosini rekonstruksiya qilish va ish joylarini o‘zgartirish ishlari amalga oshirildi. Kompaniyaning brend platformasiga muvofiq, ofis dizayni va bezagi butunlay yangilandi: oq, och kulrang va qizil kombinatsiyalardan foydalangan holda devor va mebellarni bezashda xaytek uslubi qo‘llandi.

Ofis foyesida mehmonlar elektron navbat tizimidan foydalanishi mumkin. Foyyening ikki tomonida abonentlar – jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish hududlari tashkil etilgan. Ulardan keyin esa chap tomonda korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish, o‘ng tomonda – tijorat hamkorlari bilan ishlash bo‘limlari faoliyat olib bormoqda.

Qulayliklari va xizmat ko‘rsatish sharoitlar bo‘yicha Mobiuzʼning Urganch shahridagi ofisi yana bir o‘ziga xos brend belgisiga aylandi. Xorazm viloyati aholisi va mehmonlari Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 101-uyga murojaat qilib, bunga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Kompaniya ofisiga kelish uchun sabablar talaygina. Rasmiy ochilish munosabati bilan tashrif buyuruvchi abonentlar uchun aksiya bo‘lib o‘tmoqda. Ular o‘z omadlarini sinab ko‘rishlari va mobil aloqa operatoridan turli sovrinlar yutib olishlari mumkin.

Shuningdek, 100% gacha chegirmalar yoki 2 yilgacha bo‘lib to‘lash sharti bilan chiroyli raqamlarni ulash, cheksiz internetga ega «Mobiuz 8 yil» yoki boshqa tariflarga ulanish, kerakli yordam va maslahat olish mumkin.

Ochilish marosimidan videoreportajni Mobiuz Telegram-kanalida (https://MyMobiuz.t.me) tomosha qilish mumkin. Aytgancha, Telegram-kanalda 15 million so‘m yutib olish imkoniyati mavjud.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid