Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Belarusdagi harbiy texnikalarini Ukraina chegarasiga ko‘chirmoqda
Foto: Reuters
Rossiya Belarus poligonlaridagi tanklar, yuk mashinalar va shaxsiy tarkibini janubga, Ukraina bilan chegaraga yaqinroq joyga ko‘chirishni boshladi.
«Belorusskiy Gayun» xabariga ko‘ra, 20 dekabr kuni davomida harbiy texnikalar Belarus shimoli va markazidagi poligonlardan janubga ko‘chirilgan.
Jumladan, ertalab soat 5:00 atrofida «Obuz-Lesnovskiy» poligonida (Brest viloyati, Baranovichi tumani) joylashgan harbiy texnikalar Polonka temiryo‘l stansiyasidan poyezd orqali jo‘natilgan. Kun davomida poyezd Brest viloyatidagi Luninetsga yetib borgan. Hozir platformada 23 ta T-80 tanki, 8 ta benzin tashuvchi mashina, 9 ta yuk mashinasi, 2 ta yo‘lovchi vagoni va 7 ta yuk vagoni bor.
Shuningdek, 19 dekabr kuni «Lepelskiy» poligonidagi harbiy texnikalar Vitebsk viloyatidagi Zaslonovo temiryo‘l stansiyasidan Slutsk shahriga, Ukraina chegarasi yaqiniga jo‘natilgan. Platformada 20 dan ortiq tank va 16 ta yuk mashinasi bor.
Bundan tashqari, 20 dekabr kuni ertalab Rossiya Qurolli Kuchlarining uchinchi esheloni Gomel viloyatining Kalinkovichi shaharchasiga yetib borgan. Kolonnada 20 ta BMP-2, 3 ta benzin tashuvchi mashina, 7 ta yuk mashinasi, 4 ta yo‘lovchi vagoni va yuk vagonlari borligi aytilmoqda.
13 dekabr kuni Belarusda prezident Lukashenko topshirig‘iga ko‘ra, Qurolli Kuchlar jangovar tayyorgarligi rejadan tashqari ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bundan oldin Ukraina armiyasi birlashgan kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Sergey Nayev Belarusda harbiy texnikalar to‘planib borayotganini, Ukraina bunga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya bosqini boshlanganidan beri Belarus va Ukraina bir-birini mamlakat hududiga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda ayblab kelmoqda. Har ikkala mamlakat bu ayblovlarni o‘z razvedkasi ma’lumotlariga asoslayapti.
Mavzuga oid
19:15 / 14.03.2026
Eron Ukrainaga zarba berish bilan tahdid qildi
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
16:10 / 13.03.2026
Ukrainada Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13:52 / 13.03.2026