Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya Erdo‘g‘an so‘ragan turkiyalik jurnalistni ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi
Bu Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lish shartlaridan biri edi.
19 dekabr kuni Shvetsiya Oliy sudi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an talab qilgan turkiyalik jurnalist, Today's Zaman gazetasi bosh muharriri, Turkiyada 2016 yildagi isyonga aloqadorlikda ayblanayotgan Byulent Keneshni ekstraditsiya qilishni rad etdi.
Keneshning ekstraditsiya etilishi Shvetsiyaning NATO a’zoligiga qabul qilinishi uchun Turkiya tomonidan qo‘yilgan shartlardan biri edi.
Oliy sud bayonotida agar Kenesh Turkiyaga qaytarilsa, siyosiy qarashlariga ko‘ra ta’qib qilinishi xavfi borligi qayd etilgan.
55 yoshli jurnalist Shvetsiyadan boshpana olgan. U sud qarorini olqishladi, biroq mutlaqo aybsiz ekanini ta’kidlamoqda.
«Albatta, xursandman, bu qaror kutilgan edi. Ammo men to‘liq qoniqmadim, chunki ular meni Turkiyadagi jinoyatlarda gumon qilinayotganimni aytishdi. Men umuman jinoyat qilmaganman. Bu ayblovlar Erdo‘g‘an rejimi tomonidan to‘qilgan uydirma», dedi Kenesh.
Uning ta’kidlashicha, Erdo‘g‘an adliya tizimini suiiste’mol qilishga urinishda davom etadi.
Turkiyalik jurnalist Byulent Kenesh 2015 yil oktyabr oyida Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun hibsga olingan va ijtimoiy tarmoqda prezidentni tanqid qilganlikda aybdor deb topilib, 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Keyinchalik u gazetaning boshqa 46 sobiq xodimi bilan birga yana hibsga olindi, ular 2016 yildagi qatag‘on to‘lqiniga tushib qolishdi. Shundan so‘ng u Shvetsiyaga ko‘chib o‘tdi.
The Guardian xabariga ko‘ra, Turkiya Shvetsiyadan umumiy hisobda 73 kishini ekstraditsiya qilishni so‘ramoqda. Talab qilinganlarning kamida 1 nafari ekstraditsiya qilingan. Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, u Maxmut Tot bo‘lib, Turkiyada Qurdiston ishchi partiyasiga aloqadorlikda ayblanib, sirtdan 6 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. Turkiya ushbu partiyani terrorchi tashkilot deb hisoblaydi. Tot 2015 yilda Shvetsiyadan boshpana so‘ragan, ammo rad javobini olgan edi.
Mavzuga oid
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
11:16 / 25.05.2026