Uning ma’lumotlariga köra, bemorlar rossiyaliklar tortib olib, psixiatrik şifoxonaga aylantirgan «Geolog» dam oliş markazida saqlanmoqda.
«Xodimlarning aksariyati Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan, ammo bemorlarga ğamxörlik qilişga rozi bölgan mahalliy aholi ham bor», deyiladi xabarda.
Ukraina Milliy qarşilik markazi bunday harakatlar mustaqil qarşilik körsata olmaydigan odamlarni öğirlaş ekanligini, aslida ular garovga olinganligini ta’kidladi.
«Rossiyaliklar internatlardan bolalarni keyingi «farzandlikka oliş» uçun ham faol ravişda öğirlamoqda. Biroq, Xalqaro jinoiy sudning Rim ustaviga köra, bolalarni bir etnik guruhdan boşqasiga majburan ötkaziş genotsid belgisidir. Bolalar ataylab Rossiyaning çekka hududlariga olib ketilgan», - deya ta’kidladi Milliy qarşilik markazi.
Bundan oldin Yevroparlament Golodomorni Ukraina xalqining genotsidi sifatida tan olgandi. 15 dekabr kuni parlamentning 507 nafar deputati tegişli rezolyutsiya uçun, 12 nafari esa qarşi ovoz berdi.
Xuddi şunday qaror allaqaçon bir qator davlatlar tomonidan qabul qilingan. 30 noyabr kuni Germaniya Bundestagi tegişli rezolyutsiya uçun ovoz berdi. «Golodomor totalitar tizimlarning mizantropik jinoyatlari röyxatiga kiradi, buning natijasida 20-asrning birinçi yarmida Yevropada millionlab odamlar halok böldi. Nafaqat ğalla hududlari, balki butun Ukraina oçlikdan aziyat çekdi. Bugungi kun nuqtayi nazaridan, bu tarixiy va siyosiy rejada genotsid sifatida belgilanişi kerak», deya ma’lum qildi Berlin.
SSSRda Iosif Stalin hukmronligi davrida amalga oşirilgan qişloq xöjaligini majburiy kollektivlaştiriş natijasida 1932-33 yillarda mamlakatda ommaviy oçarçilik yuzaga keldi, millionlab odamlar uning qurboni böldi. Ukraina nuqtayi nazaridan, bu falokat Sovet Ittifoqi rahbariyati tomonidan ataylab qözğatilgan.
Golodomor uzoq vaqtdan beri Ukraina va Rossiya örtasidagi asosiy bahs mavzusi bölib kelgan. Moskva Kiyevning yirik oçarçilik qurboni faqat ukrainaliklar bölgan degan fikrini rad etib, Markaziy Osiyo va Rossiyadagi millionlab odamlar ham oçarçilikdan jabr körganini da’vo qiladi.


















