Koson tumanidagi xususiy boğçalardan birining rahbari jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1994 yilda tuğilgan Lola Haqnazarova 2024 yilda nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotini taşkil qilib, unga rahbarlik qilib kelgan. U belgilangan talablarga zid ravişda 2022 yil 16 dekabrda tuğilgan Zarina Izzatillayevani garçi yoşi yetmasa ham boğçaga qabul qilgan.

Lola Haqnazarova haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda turmuş örtoğiga tegişli Spark maşinasida har kuni ertalab bolalarni uylaridan boğçaga, keçda esa boğçadan uylariga taşigan. 2025 yil 20 iyun kuni ham u 7 nafar bolani Spark’ka mindirib, boğçaga olib borgan. Bolalarni transport vositasidan tuşiriş jarayonida 2,5 yoşli Zarina Izzatillayevani maşinada unutib qoldirgan. 6 soat davomida eşiklari va oynalari yopiq holatdagi maşina içida qolib ketgan qizaloq nafas ololmasdan, dimiqib vafot etgan.

Lola Haqnazarova sudda aybiga iqrorlik bildirgan.

“Boğçada 25 nafar bola röyxatdan ötgan. Ayrim hollarda tanişlarimning farzandlari ham kelib turişgan. Bolalarni har kuni turmuş örtoğim Spark maşinasida yaşaş uylaridan olib, boğçaga olib kelardi. Ayrim vaqtlarda uşbu maşinada özim ham bolalarni yaşaş uylaridan boğçaga olib kelib-ketib turaman. Lekin maşina boşqariş huquqini beruvçi haydovçilik guvohnomam yöq.

2025 yil 20 iyun kuni ertalab mahallada yaşovçi 7 nafar bolani yaşaş uylaridan özim maşinada olib çiqdim. Ular orasida Zarina Izzatillayeva ham bor edi. Garçi uning yoşi boğça yoşiga yetmagan bölsa-da, onasining iltimosiga köra qabul qilganman.

Boğçaga kelib, maşinani yöl çetida töxtatdim. Söngra old örindiqda ötirgan ikki bolani qölimga kötarib, orqa örindiqda ötirgan 5 nafar bolani tuşiriş maqsadida maşina orqa eşigini oçib köydim. Qölimda kötarib olgan ikki bolani yöldan boğça tomonga ötkazib qöyib, maşina oldiga borayotganimda bolalar özlari tuşganini kördim. Şu payt ulardan ikkisi xarxaşa qilişni boşladi. Şu bilan ovora bölib qolib, maşinadan barça bolalar tuşgan-tuşmaganiga e’tibor bermabman. Ayni şu kuni tarbiyaçi işga kelmagan, barça iş özimga qolib ketgandi”, degan u öz körsatmasida.

Şundan söng Lola Haqnazarova tuşga qadar bolalar bilan şuğullangan. Soat 13:00 larda tuşlik qildirib, uxlatişga olib kirgan. Bolalar uxlagaç, Zarina Izzatillayevaning yöqligini sezib qolgan. Şu vaqtda turmuş örtoği kelib, maşina kalitini söragan. Şundan sönggina qizaloq maşina içida qolib ketgani ma’lum bölgan.