Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vagner» ayollar koloniyalaridan snayperlar va diversantlarni yollashi mumkin
Xususiy harbiy kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin bu borada ish olib borilayotganini ma’lum qildi.
Foto: TASS
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan ayollar orasidan snayperlar va diversantlarni yollashga ruxsat berdi.
Avvalroq, Sverdlovsk viloyati Qonunchilik kengashi deputati Vyacheslav Vegner «Vagner» asoschisi Prigojinga murojaat qilib, shu haqda taklif bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nijniy Tagildagi axloq tuzatish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan ayollar aloqachi, hamshira yoki shifokor sifatida Ukrainadagi urush hududiga yuborishni so‘ragan.
«Taklifingizga mutlaqo qo‘shilaman. Nafaqat hamshira va aloqachi, balki diversant va snayper sifatida ham. Bu oldin ham keng qo‘llangan amaliyot. Shu yo‘nalishda ishlayapmiz. Qarshilik bor, lekin men o‘ylaymanki, biz bunga erishamiz», deb javob berdi Prigojin.
«Vagner» XHK Rossiya koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslarni urushga yollash amaliyatidan keng miqyosda foydalanmoqda. Mahbuslar orasida og‘ir jinoyat sodir qilganlar ham bor. «Vagner» rahbari Prigojin ularga 6 oy xizmat qilishni, shundan so‘ng, ozodlikka chiqarishni va’da qilmoqda.
Mavzuga oid
16:17
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaqtinchalik sulh buzilmoqda. Voqealar rivoji
19:41 / 05.05.2026
Ukraina Chuvashiyaga raketa va dronlar bilan hujum qildi
07:38 / 05.05.2026
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
21:06 / 04.05.2026