Özbekiston Markaziy banki 26 dekabrdan nominal qiymati 1000 söm bölgan tanga körinişida pul belgilari muomalaga çiqarilişini ma’lum qildi. 

Tanga körinişidagi pul belgisi ikki xil rangdagi kombinatsiyadan iborat bölib, içki aylanasi sariq rangli mis va latun, taşqi aylanasi kumuş rangli nikel qotişmasidan tayyorlangan. Tanga diametri – 26,27 millimetr, içki disk diametri – 17,6 millimetr, qalinligi – 1,6 millimetr, oğirligi – 7,3 gramm. 

Tanganing old tomonida (avers) Toşkent şahrida bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosi tasvirlangan. Tasvirning pastki qismida botiq holda tanga qiymati 1000 raqami va lotin bosma harflarida «söm» sözi yozilgan. 

Tanga orqa tomoni (revers) markazida Özbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning taşqi aylanasi böylab bosma lotin harflarida aylanasimon körinişda ÖZBEKISTON MARKAZIY BANKI sözlari yozilgan. Gerb ostida tanga namunasi tasdiqlangan yil – «2022» raqami körsatilgan. Tanganing yon qirrasi silliq işlangan. 

Markaziy bankning qayd etişiça, muomalaga çiqarilayotgan 1000 sömlik tanga körinişidagi pul belgilari bugungi kunda muomalada bölgan 2001 yil namunasidagi 1000 sömlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravişda) muomalada böladi. Ya’ni 2001 yil namunasidagi 1000 sömlik banknotlar ham tölov qobiliyatini yöqotmaydi. 

Şuningdek, yangi körinişdagi uşbu pul belgilari ayni paytda muomalada bölgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barça xöjalik yurituvçi sub’yektlar va aholi tomonidan öz qiymati böyiça barça turdagi tölovlar uçun heç qanday çeklovlarsiz qabul qilinişi şart. 

  • Eslatib ötamiz, 2022 yilning 15 iyulidan Özbekistonda 200 ming sömlik banknot muomalaga çiqarilgandi. 
  • 2021 yilning 21 dekabridan boşlab esa yangi körinişdagi nominal qiymati 50 ming söm va 100 ming söm bölgan banknot şaklida pul belgilari muomalaga çiqarildi. 2017 va 2019 yilda çiqarilgan 50 ming va 100 ming sömlik banknotlar ham tölov qobiliyatini yöqotmadi.