Markaziy bank aprel oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasiga oid sörovnoma natijalarini e’lon qildi.
Unga köra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 14,4 foizni taşkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toşkent şahri (18,2 foiz) va Andijon viloyatida (16,4 foiz), eng past darajasi esa Navoiy viloyati (12,8 foiz) va Qoraqalpoğiston Respublikasida (12,4 foiz) sezilgan.

Sörovnomada qatnaşganlarning katta qismi göşt va sut hamda elektr va tabiiy gaz narxi yuqori darajada ösganini ta’kidlagan.
Şuningdek, oy davomida benzin va yoqilği, meva-sabzavotlar, ösimlik yoği, dorilar, quriliş mollari, kafe-restoran xizmatlari, tibbiy xizmatlar, ijara haqi, ta’lim xizmatlari, şakar va qandolat, ta’mirlaş, maişiy xizmatlar narxlarida yuqori darajada ösişni sezganlar uluşi köpaygan.

Daromadga ega bölmaganlar va daromadlari 5 mln sömdan yuqori bölgan aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi respublika böyiça örtaça körsatkiçdan yuqori darajada şakllangan. Xususan, 15 mln sömdan köp daromad egalari sezgan inflatsiya 19,6 foizni taşkil qilgan.

Avvalroq aprel oyida iste’mol sektoridagi narxlarning yillik ösiş darajasi 10,1 foizni taşkil etgani xabar qilingandi. Ötgan oyda sezilgan va rasmiy inflatsiya örtasidagi farq 4,3 foiz bölgan.

















