Özbekistonda 27 dekabrdan boşlab yangi körinişdagi nominal qiymati 50 000 söm va 100 000 söm bölgan banknot şaklida pul belgilari muomalaga çiqarildi.

Foto: t.me/bankers_uz
Foto: t.me/bankers_uz
Foto: t.me/bankers_uz

Dekabr oyi boşida Özbekistonda yangi körinişdagi 50 ming va 100 ming sömlik banknotalar çiqarilişi kutilayotgani xabar qilingandi.

16 dekabr kuni Markaziy bank yangi körinişdagi nominal qiymati 50 ming söm va 100 ming söm bölgan banknotalar dizaynini e’lon qildi. Öşanda yangi banknotlar 22 dekabrdan muomalaga çiqişi ma’lum qilingandi.

Köp ötmay ijtimoiy tarmoqlarda yangi 50 ming sömlik banknota dizaynida çalkaşlikka yöl qöyilgani töğrisida xabar tarqaldi, 17 dekabr kuni Markaziy bank xatolikka yöl qöyilganini tasdiqladi va banknotlar muomalaga çiqarilişidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilişini bildirdi.

Ma’lumot uçun, 2017 yilda çiqqan 50 ming sömlik va 2019 yilda çiqqan 100 ming sömlik ham barça turdagi tölovlar uçun heç qanday çeklovlarsiz qabul qilinişi davom etadi.