Joriy yilning 2 may kuni Markaziy bankda Xalqaro valuta jamğarmasining konferensiyasi bölib ötdi. Tadbirda qatnaşgan MB raisi Timur Işmetovga köra, Özbekistonda muddatli tölov bozorini tartibga soliş boşlanadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Regulyator rahbarining ta’kidlaşiça, Markaziy bank asosiy e’tiborni «tartibga solinmaydigan, ammo ma’lum bir xatarlarni keltirib çiqaruvçi» yangi rivojlanayotgan bozorlarga qaratadi. Ulardan biri BNPL («Buy now pay later» – «Hozir xarid qil, keyin töla») bölib, u ayni paytda sezilarli hajmga yetgan.

«Biz allaqaçon bozor öyinçilari bilan bir neça bor uçraşuvlar ötkazganmiz va banklar tomonidan aholining qarz yukida bölib-bölib tölaşni hisobga oliş va mijozlarning yetarli darajada himoyasini ta’minlaş uçun uşbu sohani tartibga solişni joriy etişni rejalaştirayotganimizni aytganmiz», — deydi Markaziy bank raisi.

Avvalroq, MB bölib tölaş bozorini tartibga soliş imkoniyatini örganayotgani xabar qilingandi.