Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada urushga qarshi namoyishlar uchun 20 mingga yaqin odam qo‘lga olindi
Ukrainaga qurolli bosqin boshlanganidan beri Rossiyada urushga qarshi mitinglar, piketlarda qatnashgani va ijtimoiy tarmoqlardagi postlari uchun kamida 19 443 kishi qo‘lga olingan.
Bu, «Verstka» nashri va «OVD-Info» inson huquqlari loyihasining qo‘shma tahliliy materialida aytilishicha, so‘nggi 10 yil ichida siyosiy sababga ko‘ra ushlanganlar soni rekord darajaga yetganini bildiradi.
Jurnalistlar va huquq himoyachilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 24 fevraldan beri atigi 18 kun ichida siyosiy sabablarga ko‘ra hech kim qo‘lga olinmagan, boshqa kunlarda esa yuqoridagi holatlar kuzatilgan.
Mart oyida Rossiyada RF armiyasiga qarshi «feyklar» uchun javobgarlikka qarshi qonunlar qabul qilinganidan so‘ng, fuqarolarga qarshi urushga qarshi pozitsiyasi uchun 300 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Umuman olganda, 378 nafar rossiyalik jinoiy ishlarda ayblangan yoki gumon qilingan bo‘lib, ulardan 134 nafari - «feyklar» moddasi bo‘yicha.
46 nafar shaxs vandalizm, xususan Z va V belgilariga shikast yetkazish, 44 nafar harbiy komissarlik va boshqarmalar binolariga hujum qilish, 37 nafar shaxs qurolli kuchlarning harakatlarini «obro‘sizlantirish» moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
Shunisi e’tiborga loyiqki, 9 nafar rossiyalik tanishlari bilan gaplashgani uchun jinoiy ishda gumonlanuvchi yoki ayblanuvchiga aylangan. Ayni paytda jinoyat ishlari bo‘yicha 50 ta hukm chiqarilgan.
Mavzuga oid
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:17 / 19.01.2026
Eron hokimiyati namoyishlar vaqtida 5000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
21:00 / 13.01.2026