Jahon | 21:48 / 23.12.2022
7794
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eron dronlariga qarshi kurashda yangi texnologiyalarni tajribadan o‘tkazmoqda 

Foto: Iranian Army office/AFP

AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Maykl «Erik» Kurilla AQSh armiyasi Eronning quruqlik, havo va dengizdan bo‘ladigan tahdidlariga, ayniqsa, dronlariga qarshi turish uchun uchta innovatsion harbiy sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqqanini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron o‘z imkoniyatlarini murakkab uchuvchisiz dronlarga aylantirdi va ularning uchish masofasini uzaytirdi. Oqibatda Eron AQSh armiyasi va uning mintaqadagi hamkorlariga tahdid solmoqda. 

«Eron dronlari mintaqada xavf tug‘dirmoqda. Eron kichik, qisqa masofali tizimlardan tortib ilg‘or razvedka va kuzatuv tizimlariga ega. Ular xavfli qurol bilan ta’minlangan va uzoqroqqa ucha oladigan dronlarni qurmoqda», dedi Kurilla. 

Generalning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar quruqlik, dengiz va havo imkoniyatlarini qamrab oluvchi uch xil murakkab va bir-biriga bog‘langan harbiy sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdi. 

Birinchisi o‘z ichiga qo‘shinlarning 59-operativ guruhini oladi va Bahrayn bilan Iordaniyada joylashadigan yuzdan ortiq dengiz kemalaridan iborat flotga ega bo‘ladi. Ular birgalikda harakat qiladi, birgalikda aloqa qiladi va barcha jalb qilingan harbiylarga umumiy operatsion vaziyatni taqdim etadi. 

Ikkinchisi Qatarda joylashgan maqsadli 99-guruh operatsion markazga yuboriladigan ma’lumotlarni kuzatish, aniqlash va to‘plash uchun individual foydali yuk va boshqa imkoniyatlarga ega dronlardan foydalanadi. 

Uchinchisi 39-guruh bo‘lib, konsepsiya va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazadi, shuningdek, Eron dronlarini urib tushirish uchun yangi texnologiyalarni taqdim etadi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid